“Obod qishloq” dasturi amalda
Jizzax viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida ishlar amalga oshirilayapti.
Zomin tumani Alisher Navoiy nomli qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 6 ta qishloq va mahallada Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 2 aprelida imzolangan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida qurilish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari bormoqda. Ayni hududga chiqindi tashuvchi maxsus transport vositalari va konteynerlarni topshirildi.
Jizzax viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Zomin tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda, boshqarma rahbar va xodimlari, viloyat va tuman hokimliklari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etgan quruvchi, ishchi-xizmatchilar, mehnat faxriylari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida eng chekka va olis qishloq va mahallalar ham obod va ko‘rkam bo‘lib borayotgani, sanitar xizmat ko‘rsatishga qaratilayotgan e’tibor, hududlarda tozalik, ozodalik va sarishtalikni saqlash orqali xalqimiz salomatligini muhofaza qilish, aholiga yetarli turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.
Tumanning Peshog‘ar, Beshbuloq, Xitib, Sho‘rcha, G‘o‘lba va Arja qishloq va mahallalarida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni chog‘da, Alisher Navoiy nomli QFYdagi 843 xonadonning 2 ming 131 oilasida 5 ming 434 nafar aholi istiqomat qiladi.
– Qo‘shni tuman va shaharlardan kelgan quruvchi, muhandis, yo‘lsoz, ishchi, xizmatchilar tomonidan Alisher Navoiy nomli qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli 6 ta qishloq va mahallalarimiz bugun o‘zgacha ko‘rinishga, yangicha chiroyga ega bo‘lmoqda, – deydi Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev. – Bu yerda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida ichki yo‘llar ta’mirlanib, toza ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari ishga tushirilayapti, ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish-ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, elektr-tarmoqlarini tortish, axborotlashtirish tizimini yangilash kabi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2020 yil 29 sentyabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 4 dona “ISUZI” rusumli chiqindi tashuvchi maxsus transport vositasi va 20 dona chiqindi konteynerlari ushbu qishloq fuqarolar yig‘ini ahliga xizmat ko‘rsatish uchun topshirildi.
Tadbir so‘ngida qishloq fuqarolar yig‘inidagi bunyodkorlik ishlarida faollik ko‘rsatgan quruvchi, muhandis, ishchi va xizmatchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |