O‘zbekiston Respublikasi IIB, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur qabulda Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari, shuningdek, Toshloq va Farg‘ona tumani fuqarolari o‘zlaridagi mavjud muammolar, jumladan sud-huquq masalalari yuzasidan mutasaddilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qildi.
Murojaatlarning asosiy qismini fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, sud qarorlaridan norozilik, belgilangan jazolarni yengillashtirish, qarzdorlikni undirish, uy-joy va meros masalalari tashkil etdi.
Qabul yakuniga qadar 352 nafar fuqaroning jinoiy, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy hamda ommaviy munosabatlar bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning 258 tasi joyida hal etildi.
Shuningdek, 81 nafar sudlanuvchi muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi, 1 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud zalining o‘zida qamoqdan ozod qilindi, 19 ta tadbirkorlik sub’ekti o‘z ixtiyori bilan moddiy zararni o‘rnini qoplaganliklari uchun ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish tugatildi, 22 fuqaroga aliment undirish haqidagi sud buyruqlari chiqarilib, ijroga qaratildi, 14 ta holatda sudlar tomonidan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan fakt belgilanishi natijasida ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq huquqlari tiklandi, 8 ta holatda ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra ularni yarashtirishga erishildi, 81 ta holatda fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilib, nizolar hal etildi, 4 nafar tadbirkorlik sub’ektining jami 145 million so‘mlik debitor qarzdorlikni undirish haqidagi da’vo arizalari sayyor sud majlisida da’vogar foydasiga hal etildi, 28 ta shikoyat bo‘yicha sud qarorlari ijrosi to‘xtatildi.
Qabulda muammolari hal bo‘lgan 25 ta nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ekti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma va og‘zaki tashakkurnoma bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |