Bu yil Vatanimiz mustaqilligiga o‘ttiz yil to‘ladi. Ayni paytda yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida ushbu sana oldidan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bu yil “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha qurilish ishlari ko‘lami avvalgi yillardagidan ancha kengaygan.
Jumladan, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ham bunyodkorlik ishlari bugun qizg‘in davom etmoqda.
– Shu paytgacha 33 millard so‘m mablag‘ evaziga tumanimizdagi 41 mahallada 48,4 kilometr yo‘l asfalt qilindi va 97 kilometr yo‘lga shag‘al yotqizildi, – deydi tuman hokimligi bosh mutaxassisi Masariddin Rasulov. – Shuningdek, bu yil “Payshanba – Kattaqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining Mullako‘rpa mahallasi hududidan o‘tuvchi Qoradaryo daryosi ko‘prigini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. 28 ta mahallaning elektr energiyasi ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida 55,2 kilometr elektr tarmoqlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, 761 dona temir beton tayanch ustunlari, 15 dona yangi transformator o‘rnatish ishlari ko‘zda tutilib, bu ishlar davom etmoqda. Shuningdek, 4 ta mahallada 1900 metr gaz tarmoqlar rekonstruksiya qilinadi. 13 ta mahalla aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 12 ta suv inshooti va 85 kilometr suv tarmoqlari tortish uchun 11,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bugun hayotimizni zamonaviy aloqa xizmatlari, internetsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Olis qishloqlarda ham bunday sharoit yaratishni zamonning o‘zi taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqib, tuman telekommunikatsiya bog‘lanmasi bo‘yicha 41 mahallada internet tarmog‘i sifatini yaxshilash maqsadida 121 kilometr aloqa tarmog‘iga 12 bazaviy stansiya qurish ishlari olib borilmoqda.
Yil yakuniga qadar tumanda 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 13 ta maktab va 4 ta tibbiyot birlashmasiga qarashli ob’ektlar qiyofasi yangilanib, aholiga topshiriladi.
Tuman aholisining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida bu yil Kadan va Bog‘ot mahallalarida 3 tadan, Mirzo Ulug‘bek mahallasida 1 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, 160 ta ehtiyojmand oila o‘z xonadoniga ega bo‘ladi.
Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan tuman markazining me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish ishlari bu yil ham davom ettirilmoqda. Ayni paytda markazda 5,5 kilometr piyodalar yo‘lakchasi, 5,5 kilometr veloyo‘lak qurilmoqda. Bundan tashqari, 28 ta mahalla binosini ta’mirlash va yangidan qurish ishlari bajarilib, hududlarda Workout, mini-futbol, badminton va stritbol maydonlari tashkil etilmoqda. Umuman, bu yil tumanda shu va boshqa qurilish ishlarini amalga oshirish uchun 143,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bunday bunyodkorlik ishlari tufayli Kattaqo‘rg‘on yana ham obod bo‘lib, aholi turmush farovonligi yaxshilanishi shubhasiz.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |