Buxoro viloyati Vobkent tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlari tomonidan qonun talablaridan kelib chiqib, sohalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar va faoliyatdagi mavjud muammolar tuman Xalq qabulxonasi tomonidan tahlil qilindi.
–Mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf qilish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini ijobiy hal qilish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda, – deydi Vobkent tumani Xalq qabulxonasi mudiri Laylo Sharipova. – Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan muammolar yuzasidan 9 ta tahlillar va sektorlar faoliyati bo‘yicha 10 ta monitoring, davlat idoralarida murojaatlar bilan ishlash yuzasidan 3 ta o‘rganishlar o‘tkazildi. 62 ta qabul qilingan qarorning ijrosi joyida o‘rganildi.
Murojaatlarning ijobiy hal qilinmaganligi sektor rahbarlarining reyting ko‘rsatgichlari pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida amaldagi qonun hujjatlari va tuman Xalq qabulxonasining ish rejasiga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha 7 ta taqdimnoma va takliflar kiritilgan.
Tuman Xalq qabulxonasining taqdimnomalariga asosan 4 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |