Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev rahbarligida qabullar o‘tkazilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida yangicha tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Marhamat tumani hokimi boshchiligida “Xalq qabulxonasi” mudiri, sektor hamda tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan qabullarda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Bir hafta mobaynida o‘tkazilgan qabullar davomidagi fuqarolarning moddiy yordam, nafaqa, olish, aliment undirish, elektr energiyasi, ichimlik suvi va gaz ta’minoti, ishga joylashish, kredit ajratilishi, salomatlikni tiklash, uy-joy, sud-huquq va boshqa masalalarga oid 754 ta murojaati eshitildi.
Murojaatlarning 619 tasi joyida ijobiy hal etilib, 145 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
– Yolg‘iz onaman, bir farzandim bilan onamning uyida o‘tiraman, – deydi Navro‘z mahallasida yashovchi Marg‘ubaxon Ummatova. – Bir necha yillar avval uy-joy qurish uchun yer uchastkasi ajratib berilgan. Imkonim yo‘qligi uchun qurilish qilolmayman. Shu bois, tuman hokimi qabuliga qurilish materiallaridan yordam bo‘rab borgan edim. Murojaatim ijobiy hal etildi. Bundan behad minnatdorman.
Tumanning Zafarobod mahallasida yashovchi Qodirjon Ahmedov o‘zi yashayotgan ko‘chaning yozda chang-tuproq, qishda loy bo‘lib, odamlar, ayniqsa, yosh bolalar yurishga qiynalishini aytib, ushbu ko‘chani shag‘allashtirishga yordam berilishini so‘rab murojaat qiildi. Murojaat ijobiy hal etilib, ikki kun ichida ko‘cha shag‘allashtirib berildi.
Qabullarda hal etilishi ma’lum muddat, mablag‘, shuningdek, o‘rganish talab etiladigan masalalarni hal etish va o‘rganish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olinmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |