2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orol dengizi tubida o‘rmonzorlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi “Orol dengizi tubida suvi qurigan hududlarda yashil qoplamalar himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida Orolbo‘yi hududida so‘nggi yillarda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil kuz, qish va 2021 yil bahor mavsumida Orol dengizining suvi qurigan hududlarida jami 458,4 ming gektar o‘rmonzor barpo etilgan. Buning uchun 1 511 tonna saksovul, qandim, qorabaraq kabi cho‘l o‘simliklari urug‘lari tayyorlangan. Bu ishlarga O‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlaridan  600 nafardan ortiq ishchi, shu bilan birga 130 dona yuqori unumli traktorlar, zarurli texnika va mexanizmlar hamda to‘rtta kichik aviatsiya (AN-2) samolyoti jalb qilingan.

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Botanika instituti, Toshkent davlat agrar universiteti  bir guruh olimlari, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mutasaddi xodimlari  Orolda bo‘ldi. Zaruriy anjomlar (GPS, xaritalar, kompyuter texnologiyalari, avtotransportlar) bilan ta’minlan ekspeditsiya a’zolari Orol dengizining qurigan tubida barpo etilgan saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklari holatini o‘rganib, tadqiqot ishlarini olib bordi.

06.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar