2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jalaquduqda ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida “Obod qishloq”, “Obod mahalla” hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan dasturlar doirasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, keyingi ikki yil ichida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar ko‘lami ortdi. bugungi kunga kelib, tumanda ichimlik suvi ta’minoti darajasi 81,9 foizga yetkazildi.  

– Ayni kunda hududlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida salkam 30 kilometr masofaga yangi suv quvurlari tortish ishlari olib borilmoqda, – deydi "Andijon suv ta’minoti" mas’uliyati cheklangan jamiyati Jalaquduq tumani bo‘limi rahbari Qahramonjon Turg‘unov. – Qurilish va bunyodkorlik ishlari sohaga ixtisoslashgan 15 ta qurilish tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda. Ana shu ishlar amalga oshirilishi bilan tumandagi  O‘rg‘u, Dexqonobod, Bo‘ston, Uzun ko‘cha, Yangi ko‘rpa, Abdullabiy, Ibrat, Beshtol, Qutlug‘, Boycheki va Guliston kabi mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi. Shu kunlarda mazkur yo‘nalishdagi ishlar qizg‘in olib borilmoqda.  

– Qariyb o‘ttiz yildan buyon mahallamizda ichimlik suvi muammosi yechimini topmay kelayotgan edi, – deydi  Y. Oxunboboyev nomli mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, mehnat faxriysi Abdullajon Abdulxayirov. – Shu paytgancha mahallamizdagi beshta ko‘chadan atigi bittasi ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lib, qolgan 4 ta ko‘chada yashovchi aholi suvni ma’lum masofadan tashib ichishlariga to‘g‘ri kelgan. Shukrki, qolgan ko‘chalarga ham ichimlik suvi keltirildi. Hozirda har bir xonadonga suv jo‘mraklari o‘rnatilmoqda. Bundan mahalladoshlarimiz behad xursand bo‘lmoqda.

Ushbu mahallada “Ixtisoslashtirilgan transservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan  20 kilometr masofaga suv quvuri tortilmoqda. Bundan tashqari, 2 ta yangi suv qudug‘ini o‘rnatish, 1 ta mavjud quduqni ta’mirlash ishlari davom etayotir.

Mutaxassislarnig ta’kidlashicha, yil oxiriga qadar tumandagi o‘ndan ortiq mahallaga yangi suv tarmog‘i tortiladi, qator suv quduqlari ta’mirlanadi, yangilari o‘rnatiladi.  

Tumanda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar reja asosida izchil davom ettiriladi.  

08.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar