2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chilonzorda «Obod mahalla» dasturi doirasidagi ishlar qanday kechmoqda?

Toshkent shahridagi prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida «Obod mahalla» dasturi doirasidagi ishlar jadal boshlab yuborilgan.

Chilonzor tumanidagi 225-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bosh-oyoq eskirib bitgan edi. Dastur doirasida qariyb 1,4 milliard so‘m ajratildi. Ayni paytda 120 o‘rinli muassasaning tomi, eshik-romlari to‘liq almashtirilmoqda. Yo‘laklar betonlanib, kanalizatsiya tizimi yangilandi.

Shu hududdagi 215-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilganiga 61 yil bo‘ldi. Yillar to‘zoni o‘z kuchini ko‘rsatib, bu muassasa binosi-yu jihozlari, muhandislik kommunikatsiya tizimi, umuman, bog‘chadagi butun infratuzilma og‘ir ahvolga kelib qolgan edi. Mazkur muammolarni hal qilish uchun dastur doirasida 1 milliard 631 million so‘m ajratilgach, mazkur muassasada ham qurilish-ta’mirlash ishlariga kirishildi.

Jumladan, bino tomlari yangilanmoqda, eshik-romlar yangisiga almashtirilyapti. Bog‘chada guruh va sanitariya-gigiyena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, oshxona, o‘yin maydonchalari, yozgi ayvonchalar barpo etilmoqda.

«Katta Chilonzor» mahallasidagi 34-oilaviy poliklinikada hududdagi 29,2 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Muassasa binosida ham ayni paytda joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Bu maqsadlar uchun ajratilgan 1 milliard 876 million so‘m mablag‘ evaziga poliklinikada shifokorlarning zamonaviy sharoitda ishlashi uchun katta imkoniyat yaratiladi.

Shu hududdagi 6-sonli musiqa va san’at maktabi binosining eskirgan fasadi yangilangach, muassasa chiroyli ko‘rinishga keldi.

«Fidokor» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 359-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi joriy ta’mir ko‘rgan, issiqlik tizimidagi muammolar bartaraf etilib, deraza romlar yangilangan bo‘lsa-da, bolalar maydonchasi talab darajasida emas edi. Masala hal qilinib, bolajonlar uchun maxsus zamonaviy maydoncha bunyod etilyapti.

«Obod mahalla» dasturi bilan ikkinchi sektordagi «Charx Kamolon» mahallasining ham butkul ta’mirtalab ko‘chalari ravon yo‘llarga aylantirilmoqda. Ayni paytda mahallaning «Zavqiy» ko‘chasidagi 1,9 ming kvadrat metr qismi asfaltlanmoqda.

«Katta Qozirobod» mahallasi, Kichik halqa yo‘lida joylashgan ko‘p qavatli uchta uyning fasadi ham, atrofi ham oldin ko‘p abgor edi. Mahallani obodonlashtirish uchun yetarlicha mablag‘ ajratilgach, uylarning fasadi yangilandi, yo‘laklar betonlandi. Ichki yo‘llarning 3,2 ming kvadrat metr qismi asfal’tlandi.  

Mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar «Sharq» mahallasida ham ko‘zga ko‘rinib qolgan. Ko‘p qavatli uylar oldidagi so‘lim saylgoh odamning bahri dilini ochadi. Bunday maskanlar nafaqat bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, balki salomatligini mustahkamlash, ularni jismonan chiniqtirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maydonchada o‘nga yaqin o‘yin qurilmasi, ochiq suv havzasi bunyod qilinib, shinam o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

Mavsumiy yog‘ingarchiliklar oqibatida «Zarqo‘rg‘on» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 23-24-uylar atrofida cho‘kish hosil bo‘lgani haqida prezident Xalq qabulxonasiga murojaat kelib tushgach, vaziyat joyiga chiqib o‘rganildi. Bu cho‘kishning yonginasida bolalar maydonchasi borligi uning xavfliligini yanada kuchaytirayotgan ekan. Shundan so‘ng zarur texnika va ishchi kuchi jalb qilinib, muammoni joyida hal qilishga kirishildi.

Shu hududdagi 3-a uy aholisidan esa bolalar maydonchasi qurib berish bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Tumandagi obodonlashtirish ishlari jarayonida ushbu masalaga ham yechim topildi. Ayni paytda bu yerda zamonaviy maydoncha qurilmoqda.

«Guliston» mahallasiga esa yangi asfaltlangan yo‘llar orqali kirib bordik. Belgilangan rejaga ko‘ra hududdagi 5.5 ming kvadrat metr yo‘l asfalt qilinadi va hozirgacha 4 ming kvadrat metrda ishlar yakunlanibdi. Bunday ravon yo‘llar bilan piyodalar va avtomobillar harakatlanishiga katta qulaylik yaratilmoqda.

«Novza» mahallasida esa eskirib ketgan yo‘laklar ta’mirlanib, yangilanmoqda. Hududdagi uylar oldida piyodalar harakatlanishi va velosipedda sayr qilish uchun yo‘laklar qurilmoqda.

«Botirma» mahallasi katta qurilish maydoniga aylangan. Bu yerda bolalar maydonchasi quriladi. Hozirgacha 120 kvadrat metr ichki yo‘laklar barpo qilindi va bu raqam tez orada ikki barobarga oshiriladi. Shu bilan birga 200 kvadrat metr maydonda avtoturargoh bunyod etiladi. Irrigatsiya tarmoqlari ham yangilanib, qor-yomg‘ir suvlari chiqib ketishi uchun sharoit yaratilmoqda. Aholi uchun noqulaylik keltirib chiqarayotgan sim to‘siqlar olib tashlanayotir.

Bunday bunyodkorlik ishlari prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida poytaxtimizning boshqa mahallalarida ham davom etmoqda.

13.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar