Marg‘ilon shahrida “Do‘stlik” va “Orol bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inlari “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan. Do‘stlik” mahallasida ko‘rinarli va sezilarli ishlar amalga oshirildi. Endi “Orol bo‘yi” hududi ham Marg‘ilon shahrining navbatdagi obod mahallasi bo‘ladi.
14 ta ko‘cha, 660 ta xonadonlarda 4500 nafar aholi istiqomat qiladi. 2018 yil “Obod mahalla” dasturiga muvofiq “Orol bo‘yi” MFYda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari uchun jami 8 milliard 305,2 million so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Uning 1045,0 million so‘mi respublika byudjetidan ajratilmoqda. Mahalliy byudjet va uning qo‘shimcha manbaalaridan 984,5 million, “Mahalla” jamg‘armasidan esa 26 million so‘m sarf etiladi. Tijorat banklari kreditlari 3710 million so‘mni tashkil etsa, boshqa manbaalar va tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan 2539,7 million so‘m sarflanishi belgilangan.
Dasturga muvofiq 190 ta uylarning tom qismi, 315 ta uylarning esa fasad qismi ta’mirlanadi. 207 ta darvoza ta’mirga muhtoj ekanligi aniqlandi, 12 ta hojatxona, 24 m devor qurililadi. 910 p.m devor ta’mir qilinadi. Sport va bolalar maydonchasi barpo etilib, “Orol bo‘yi” mahallasining o‘g‘il-qizlari ixtiyoriga topshiriladi.
Shuningdek, bu hududda hammom, savdo majmuasi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi ham bunyod etilmoqda. Ayni kunlarda hammomning 1-qavatida qurilish ishlari ketyapti. Bo‘sh turgan davlat ob’ekti negizida mikro sanoat zonasi tashkil qilinib, tikuvchilik tsexi, poyabzal ishlab chiqarish va ta’mirlash, gadjetlar ta’mirlash, hunarmandchilik va boshqa turdagi ustaxonalar ish boshlaydi. Natijada yangi 15 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
Albatta, mahalladagi yo‘llar ta’mirlanishiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 6 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo ichki yo‘llar mukammal ta’mirlanib, 400 metri joriy ta’mirdan chiqariladi. Hozirgi kunda ko‘chalarda shag‘al yotqizish ishlari jadal, asfalьt bosishga kirishish arafasida turibdi.
2,4 km uzunlikdagi irrigatsiya tizimi joriy va mukammal ta’mirlanishi ham dasturdan o‘rin olgan. 6 km ichimlik suvi tarmoqlari rekonstruktsiya qilinib, mukammal ta’mirlanadi. 1 ta suv inshooti ham shunday ko‘rinishga ega bo‘lib, 900 m yangi oqava suv tarmog‘i yotqiziladi. Qori Niyoziy ko‘chasiga 1 kilometr suv tarmog‘i keltirildi, bu erda kanalazatsiya quvurlari ham yotqizib bo‘lindi. Farg‘oniy ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi ham endi ichimlik suvidan qiynalmaydigan bo‘ldilar.
3 ming m2 maydonlar obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtiriladi, chiqindi yig‘ish punkti quriladi.
Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida 1 ta bekat bunyod etilib, 4 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Fuqarolarning takliflari o‘rganilib, mazkur hududga 12 ta tayanch ustunlar o‘rnatilishi rejalashtirildi. 4,5 km havo simlarini SIP kabellariga almashtirish ishlari boshlab yuborilgan. 10 ta TP va 1,3 km havo tarmoqlari mukammal ta’mirdan chiqarilsa, 0,6 km yangi tarmoq tortiladi. Shuning barobarida, 1 ta 160 kVa qo‘shimcha TP quriladi. Bugungi kunga qadar 1 km tarmoq va 10 ta TP mukammal ta’mirlanishiga erishildi.
Xavfsiz shahar – xavfsiz mahalla shioriga ko‘ra, “Orol bo‘yi”dagi ob’ektlar va aholi gavjum bo‘ladigan ko‘chalarga jami 32 ta videokuzatuv moslamalari,. 22 ta yoritish ustunlari va 90 ta yangi nurdiodli ko‘cha yoritgichlari o‘rnatiladi. 44 ta yoritgichlar esa almashtiriladi, 1,2 km zamonaviy aloqa va internet tarmoqlari barpo etiladi.
Farzandlarimizning mukammal sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishlariga qaratilgan alohida bandlar dasturda bor bo‘lib, unga ko‘ra, 32-umumta’lim maktabi joriy ta’mirlanadi. “Yoshlik” yopiq suv havzasi esa mukammal ta’mirdan chiqariladi. Bugungi kunga qadar suv havzasida 20 million so‘mlik ish bajarildi. Shu kunlarda 100 o‘ringa mo‘ljallangan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi va tibbiyot maskanining poydevorlari bitkazilyapti.
Mahalla ahlining dam olishlari, hordiq chiqarishlari ham e’tibor markazida, mo‘’jazgina istirohat bog‘i tashkil qilinyapti, yangi mahalla guzari gavjum maskanga aylanadi. Bugun guzarning ichki qismi bitib, fasadi ta’mirlanayotganligini ta’kidlash o‘rinli. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosi ham mana shu guzardan joy oldi.
Bu xayrli va ezgu ishlarning barchasi, mahallada istiqomat qiluvchi katta-yu kichikning farovon yashashi, munosib hayot kechirishiga xizmat qiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |