O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi arafasida Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 3 ta Beshrabot, Ko‘lxatib, “Mo‘minobod” mahalla markazlari majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
“Beshrabot” mahalla markazi majmuasi davlat xususiy sherikchiligi asosida tadbirkor Sobir Rayimov tomonidan barpo etildi. Zarur barcha jihozlar bilan ta’minlandi. Qurilish, jihozlash ishlari uchun 250 million so‘m mablag‘ sarflandi. Shu paytgacha mahalla fuqarolar yig‘ini moslashtirilgan binoda faoliyat olib borayotgan edi. Ko‘rkam va zamonaviy bino qurilib foydalanishga topshirilishi tuzilma xodimlari ish unumdorligini oshirish barobarida, mahalla ahli uchun ham qator qulayliklar yaratadi.
“Mo‘minobod” mahalla markazi majmuasi tadbirkor Nodir Ismoilov tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida barpo etildi. Zamon talablariga mos tarzda jihozlangan mazkur binoda mahalla raisi hamda o‘rinbosarlari uchun alohida xonalar mavjud bo‘lib, ularning har biri zamonaviy moddiy-texnika vositalari va mebel jihozlari bilan ta’minlangan. Qurilish, jihozlash ishlari uchun 260 million so‘m mablag‘ sarflangan.
“Ko‘lxatib” mahalla markazi majmuasi xususiy sherikchilik asosida tadbirkor Mirmuxsin Boymurodov tomonidan barpo etildi. Qurilish, jihozlash ishlari uchun 270 million so‘m mablag‘ sarflandi. Zamonaviy mahalla markazi binosida barcha sharoitlar yaratilgan. Mahalla raisi va o‘rinbosarlari, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar ajratilgan. Kompyuter, mebel, tegishli adabiyotlar bilan ta’minlandi.
Bu ko‘rkam majmualarning juda qisqa fursatlarda bunyod etilishi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi to‘yi arafasida ishga tushirilishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaldagi ifodasidir.
Tadbirda majmualarni bunyod etilishida munosib hissa qo‘shgan barcha mutasaddi rahbarlarga, faollarga, shu bilan birga qo‘li gul bunyodkorlarga minnatdorchilik bildirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |