2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
«Uch avlod uchrashuvlari»ga ko‘hna kent – Urganch mezbonlik qildi

Dunyo taraqqiyotining beshigi hisoblangan shaharlar, sivilizatsiyalar sanoqli. Ular qatorida Xorazmning borligi har bir o‘zbekistonlik uchun faxr va iftixor ekaniga shubha yo‘q. Tamaddun beshiklaridan hisoblangan bu diyor doimgidek yuksak e’tibor va diqqat markazida.

Tarixi ming yilliklarga borib taqaladigan zamindagi bugungi o‘zgarishlar, yangilanishlar, fan va ta’lim, ishlab chiqarish, madaniyat, inson qadr-qimmati, millatlar aro totuvlik, bag‘rikenglik tamoyillari asosida olib borilayotgan katta hajmdagi samarali ishlar, xayrli tashabbuslarning soni yildan yilga oshib bormoqda. Ko‘lami jihatdan kengayib borayotgan «Uch avlod uchrashuvlari»ning navbatdagi tadbirlariga ko‘hna kent – Urganch mezbonlik qildi.

O‘zbekiston Qahramonlari, faxriy ustoz va murabbiylar, mamlakat taraqqiyotiga, bugungi tinch, osuda, dorilamon kunlarga tamal toshi qo‘yilishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan yoshi ulug‘lar, yoshlar bilan birgalikda, yangilanayotgan Xorazmning diqqatga sazovor maskanlari, yangi imoratlar, ta’lim maskanlarida bo‘lib, hamyurtlarimiz ayniqsa yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Kun davomida olingan taassurotlar bir dasturxon atrofida, ko‘p yillik qadrdonlar, ustoz shogirdlar, bir so‘z bilan aytganda, uch avlod o‘rtasidagi suhbatlarda o‘z aksini topdi.

"Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichadi" deyishadi. Ulug‘larimiz, o‘rta avlod vakillari hamda ertamiz egalarini jam qilgan dilbar davralar, bugungi tinch va farovon kunlar, obod maskanlar, millatlar aro totuvlik va bag‘rikenglikda bugunidan rozi bo‘lib umrguzaronlik qilayotgan hamyurtlarimizning shukronalikka yo‘g‘rilgan suhbatlariga boy bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, general-leytenant Tursinxon Xudaybergenov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov va boshqalar so‘zga chiqib ushbu tadbirning mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida to‘xtaldilar.

Uch avlod uchrashuvi. Tarix, bugun va kelajakni birlashtira olgan anjuman keksayu yoshning xotira zarvaraqlarida unutilmas kun bo‘lishi shubhasiz. Sababi, jonli tarix bilan so‘zlashish, ularni yaqindan tanish birgalikda hamfikr bo‘lish yoshlar uchun katta tajriba va hayot maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

«Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik». Bugun ana shu shior ostida, bir yurtda turli millat va elat vakillari tinch totuv hayot kechirishmoqda. Mamlakatimizda ilk bor 30 iyul, Xalqlar do‘stligi kunining nishonlanishi esa ko‘p millatli Xorazm elida ham ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Ularning yuz ko‘zlarida, dil so‘zlarida o‘sha ko‘tarinkilik hamon porlab turganini ilg‘ab olish qiyin emas.

Millatlararo do‘stlik, birdamlik, mehr oqibat kabi insoniy fazilatlar tarannumi hisoblangan uch avlod uchrashuvlarida qo‘shni mamlakatlardan kelgan talabalar ham doimo ishtirok etib, shu jamiyatning faol a’zolariga aylanib borishmoqda.

Turkmaniston, Hindiston va Pokistonlik talabalar o‘z tengdoshlari bilan birgalikda bu kabi ma’naviy ma’rifiy tadbirlarning doimiy ishtirokchilari.

Mehr muruvvat, e’tibor va g‘amxo‘rlik har birimiz uchun ma’naviy quvvat manbaimizga kuch qo‘shadi. Uch avlod uchrashuvida nafaqat viloyatdan, balki butun respublikadan tashrif buyurgan taniqli darg‘alar, shu zaminga mehnati singgan, uning ravnaqiga, mustahkam kelajak imoratiga o‘zining tamal toshlarini qo‘ygan mehnat faxriylari, ustozlar, turli millat vakillari, namuna qilib ko‘rsatsa arzigulik yoshlar keng jamoatchilikka tanishtirildi.

Sidqidildan ko‘rsatgan xizmatlari, jamiyatdagi faol ishtiroki uchun esa bir guruh vatandoshlarimiz O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Davradagi samimiy va dilkash suhbatlar, katta hayot tajribasiga ega yoshi ulug‘lar bilan muloqotlardan to‘lqinlangan yosh yetakchilar ham o‘zining dil so‘zlarini yashirmadi.

Intilish va izlanishlar har doim o‘z natijasini ko‘rsatadi. Bu harakatlarni esa ajdodlar merosi, ularning boy tajribasi bilan bevosita birlashtirish muvaffaqiyat garovi.

16.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar