Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida MSK Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
24-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqaro mezonlar va standartlarga mos milliy saylov qonunchiligimizga, unda belgilangan ochiqlik, oshkoralik, erkinlik va adolat kabi umumeʼtirof etilgan demokratik prinsiplarga toʻla mos holda, koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
– Bugun xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan Yangi Oʻzbekiston oʻtmish ajdodlarining tarixiy anʼanalarini davom ettirib, yanada boyitib, har tomonlama muttasil rivojlanayotgan zamonaviy davlat sifatida butun dunyoning eʼtiborini tortmoqda. Prezident saylovi xalqimiz yuksak tafakkuri va donishmandligining yorqin ifodasi boʻldi. Ushbu saylov Yangi Oʻzbekistonda barcha sohalarda, jumladan, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan izchil va jadal islohotlarning uzviy davomidir, – dedi MSK Raisi Z.Nizomxoʻjayev.
Soʻnggi besh yil mobaynida mamlakatimiz milliy saylov qonunchiligida jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Nufuzli xalqaro ekspertlar taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekistonda saylov qonunchiligini izchil takomillashtirish hamda saylovlarni oʻtkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi pogʻonaga koʻtarildi. Bu galgi Prezident saylovi ilk bor 2019-yilda qabul qilingan Saylov kodeksi asosida oʻtdi.
Saylov qonunchiligiga joriy yilning 8-fevral va 31-may kunlari kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarga binoan, eng avvalo, saylov jarayoni ishtirokchilari, yaʼni saylovchilar, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, ommaviy axorot vositalari hamda kuzatuvchilarning huquqlari va kafolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi yanada takomillashtirildi.
Barcha darajadagi saylov komissiyalari oʻz ishini Saylov kodeksi talablari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi hamda Kalendar rejasiga binoan, qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga toʻla amal qilgan holda tashkil etdi.
Siyosiy partiyalar va Prezidentlikka nomzodlar uchun saylov kampaniyasi davrida saylovoldi tashviqoti uchun teng va keng imkoniyatlar yaratildi. Saylov uchastkalarida pandemiya sharoitida aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Prezident saylovini nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotning Parlament Assambleyasi hamda Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashi, Turkiy kengash Parlament Assambleyasi hamda Islom hamkorlik tashkiloti kabi yigirmaga yaqin xalqaro tashkilotlardan va ellikka yaqin xorijiy davlatlardan jami mingga yaqin xalqaro kuzatuvchi hamda 1 ming 672 nafar mahalliy va xorijiy mamlakatlarning yirik ommaviy axborot vositalarining vakillari bevosita kuzatib va yoritib bordi.
Shuningdek, saylovda ishtirok etgan beshta siyosiy partiyalardan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan 64 ming 450 nafar vakillar saylovni bevosita kuzatib bordi.
Birinchi marta mamlakatimizning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkalariga oʻrnatilgan 414 ta videokameralar orqali uzatilgan onlayn translyatsiyani millionlab odamlar kuzatib bordi.
Saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchilardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida chet ellarda ovoz bergan vatandoshlarimiz bilan birga hisoblaganda 16 million 212 ming 343 nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 80,4 foizidan iboratdir. 421 ming 176 nafar saylovchi joriy yilning 14-oktyabrdan 20-oktyabrgacha oʻtkazilgan muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi.
Saylovda konsullik roʻyxatida turgan turmaganligidan qatʼi nazar xorijda istiqomat qilayotgan barcha14:44
vatandoshlarimiz uchun 37 ta davlatda tashkil etilgan 54 ta saylov uchastkasida ovoz berish imkoniyati yaratildi. Avvallari faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston fuqarolarigina saylovlarda qatnashardi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov oʻtkazuvchi saylov uchastkalarining barchasida saylov byulletenlari sanab chiqildi.
Siyosiy partiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodlar, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abduhalimov – 3,4 foiz, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Oblomuradov – 4,1 foiz, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov – 5,5 foiz, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maksuda Varisova – 6,6 foiz, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev – 80,1 foiz ovoz oldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga koʻra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan koʻpining ovozini, yaʼni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod Prezident etib saylangan, deb hisoblanadi.
Prezidentlikka oʻtkazilgan saylov boʻyicha saylovga doir qonunchilik talablari qoʻpol ravishda buzilganligi holatlari haqida xabar va maʼlumotlar tushmadi. Lekin, Markaziy saylov komissiyasiga saylovchilar va ijtimoiy tarmoqlardan saylovlarni oʻtkazish jarayoniga doir holatlar boʻyicha muayyan murojaatlar kelib tushdi.
Ularning barchasini qonunda koʻrsatilgan muddat va tartiblarda koʻrib chiqish va hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Hozirgi vaqtda Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnomalar hamda boshqa hujjatlarni koʻrib chiqmoqda. Markaziy saylov komissiyasi faqat shundan soʻng Prezident saylovi yakunlari toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |