2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar Xalq qabulxonasi nazoratida

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonsiga joriy yilning o‘tgan davrida kelib tushgan 2 ming 63 ta murojaatning 1 ming 929 tasi ya’ni 96.5 foizi qanoatlantirilgan. 1 ming 599 ta murojaatlar ijobiy hal etilgan. 323 tasi yuzasidan murojaatchilarga huquqiy maslahat berilgan. 7 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan.

 Kelib tushgan murojaatlar asosan bank kreditlari va bank faoliyati, ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv va nazorat masalalariga oiddir. Moddiy yordam va homiylik, davalat dasturlari ijrosi va uy-joy bilan ta’minlash, gaz, suv, elektr va issiqlik ta’minoti masalalari ham  murojaatlar asosini tashkil etadi.

– O‘zimni ish bilan band qilish maqsadida aprel oyida chorvachilik yo‘nalishida Xalq bankiga ariza bergan edim, – deydi Denov mahalla fuqarolar yig‘ini O‘ba qishlog‘ida yashovchi fuqaro Abdulaziz Abduqodirov. – Murojaatimga bir oydan so‘ng ijobiy xulosa berilgan bo‘lsada,  ammo shu kunga qadar tuman Xalq bankiga murojaat qilib kelayapman. Bank xodimlari resurs yo‘q deb ishni orqaga surib kelayotgan edi. Yuqorida ko‘rsatilgan murojaat tuman Xalq qabulxonasining  nazoratiga olinib, 3 kunda ijobiy hal etildi.  

Tarxanon MFY, Tarxonon qishlog‘ida yashovchi Gulandom Murodovaning oilaviy sharoiti og‘irligi, hozirgi kunda ishsiz yurganligini bildirib, MTTga ishga joylashtirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati tuman Xalq qabulxonasining o‘zida tegishli mutasaddilarni jalb etgan holda ijobiy hal etilib 77-sonli DMTTga ishga joylashtirildi.

Shuningdek, tuman Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan muammolar yuzasidan tahlillar va sektorlar faoliyati bo‘yicha monitoringlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida murojaatlarni ko‘rib chiqilishida ayrim tashkilot xodimlarning mas’uliyatsizligi natijasida kelib tushgan murojaatlarning qonunda belgilangan muddatidan kechiktirish  holatlari ham kuzatilmoqda. Murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha 9 oy davomida 12 ta ogohlantirish xatlari, 29 ta taqdimnoma va takliflar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 10 nafar xodimlar ogohlantirilgan. 8 nafar xodimga intizomiy jazo chorasi  qo‘llanildi. 2 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 2 tasi ma’muriy javobgarlikka  tortildi.

03.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar