2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Amudaryoda sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabul tashkil qilind

Kuni kecha hokimlik binosida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘icha tuzilgan sektorlar rahbarlari tomonidan sayyor qabul tashkil qilindi.

Sayyor qabulda tuman hokimi S.Yo‘ldashev, tuman prokurori J.Muftillaev, IIB boshlig‘i D.Ibragimov hamda DSI boshlig‘i B.Kamolovlar tegishli hududlar bo‘yicha jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini tingladi.

Aytish kerakki, tuman hokimi nomiga shu yilning o‘tgan 9 oyi davomida 652 ta murojaatlar kelgan. Shu davrda jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Pespublikasi  Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali jami 159 ta murojaat kelib tushgan. Shularning 21 tasi qanoatlantirilib, 134 ta murojaat egalariga tushuntirishlar berilgan. 4 ta murojaat esa ayni kunlarda ko‘rib chiqilmoqda.

Virtual qabulxona orqali esa 232 ta murojaatlar kelgan. Shularning 8 tasi qanoatlantirilib, 214 ta murojaat egalariga tushuntirishlar berilgan.

Sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda jami 20 ga yaqin murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning aksariyat qismini shaxsiy va kundalik maishiy muammolar emas, balki fuqarolarning o‘zlari yashayotgan ko‘chalarni asfalьt qilish, bolalar bog‘chalari qurish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, xalqqa xizmat qilish kabi masalalarda yordam so‘rab qilgan murojaatlari tashkil qildi.

Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish va tezkorlik bilan hal qilish uchun tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

02.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar