O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yil o‘tgan davrida fuqarolardan 1 ming 865 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning 1 ming 458 tasi tuman Xalq qabulxonasi nazorati ostida ko‘rib chiqilgan. Ushbu ko‘rib chiqilgan masalalarning 1 ming 142 tasi ijobiy hal etilgan. 248 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Qolgan 68 tasi o‘rganish jarayonida.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini joyida ijobiy hal etilishini ta’minlash maqsadida Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar va tashkilot rahbarlarining joylarda shaxsiy va ommaviy qabullari tashkil etilmoqda. Sayyor va ommaviy qabullar jarayonida fuqarolardan jami 418 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarni 66,2 foizi joyida qanoatlantirilgan. – "O‘zagrolizing" MCHJ bilan "MTZ-80" traktorini lizing asosida sotib olish uchun shartnoma imzolagandim va to‘lovlarini amalga oshirdim, – deydi Jondor tumani Yosh kuch mahallasida yashovchi fuqaro Haydar Hamroyev.
– Shartnoma bo‘yicha bir oy muddatda shartnoma ijro qilinishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, uch oydan buyon traktor ololmayotganimdan norozi bo‘lib yordam so‘rab murojaat qildim. Murojaatim qisqa muddatda qanoatlantirildi. Fermer xo‘jaligiga "MTZ-80" traktori olib berilishi ta’minlandi. – Xalq qabulxonasining ish rejasiga muvofiq, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumandagi 8 ta tashkilotning murojaatlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Ixtiyor Karimov.
–Shuningdek, sektorlar va davlat organlari hamda tashkilotlarning aholi muammolari bilan ishlash holatlari bo‘yicha 16 marotaba monitoring o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar jarayonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash maqsadida 29 ta taklif va taqdimnoma kiritildi. Xalq qabulxonasining taklif va taqdimnomalari asosida tumandagi tashkilotlarning 2 nafar xodimiga nisbatan jarima jazosi, 13 nafariga nisbatan "Hayfsan" va 20 nafar xodimiga nisbatan ogohlantirish choralari qo‘llanilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |