Buxoro shahar Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan davrida 2 ming 85 ta murojaat qabul qilingan.
– Murojaatlardan 1 ming 205 tasi qanoatlantirilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Azamat Bekmurodov. – Shundan 985 ta murojaat ijobiy yechimini topgan. 220 ta murojaat yuzasidan xuquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali hal qilingan. 30 ta murojaat rad qilingan. 1 ta murojaat tugatilgan. 50 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berilgan.
Mazkur murojaatlar tasnifi buyicha tahlil kilinganda 126 ta uy-joy, yer bilan ta’minlash, 95 ta ish bilan ta’minlash, 55 ta aliment, 24 ta sog‘likni saqlash, 167 ta gaz, elektr, suv, issiqlik, 54 ta pensiya va nafaqa 672 ta boshqa xizmat sohasidagi masalalar tashkil qiladi.
–“ADB NEXT ” korxonasida ishlayman, – deydi Buxoro shahridan yashovchi fuqaro Nigora Avezova. – Ushbu korxona tomonidan ishlagan oylarim uchun ish haqi pullarim to‘lanmagan edi. Bu borada shahar Xalq qabulxonasiga murojaat qildim. Murojatim ijobiy hal qilindi.
–Xuddi shunday ariza bilan Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasi 7/8 uy 76 xonadonda yashovchi fuqaro Muxayyo Tashova hamda bir guruh xotin-qizlar murojaat qilgan, – deydi qabulxona mutaxassisi Mirjon Toshev. – Qabulxona mutaxassislarining aralashuvi natijasida fuqarolarning ish haqi to‘lanib berildi.
Xalq qabulxonasi tomonidan Buxoro shahrining Zargaron ko‘chasi 7-uyda yashovchi Zulfiya Ibodova hamda X.Arbob ko‘chasi 12-uyda yashovchi Raxima Muinovaning murojaati o‘z vaqtida yechim topdi. Gap shundaki, yuqorida nomlari keltirilgan fuqarolar ancha yillar davomida nogironliklari sabab to‘shakda mixlanib qolishgandi. Mutasaddilar ularning murojaatini o‘rganib ularga nogironlik aravachasi tuhfa etdi.
Joriy yilning o‘tgan davrida Buxoro shahar Xalq qabulxonasi tomonidan korxona va tashkilotlarga jami 29 ta takdimnoma kiritilgan. Natijada 2 nafar mas’ul xodimlar vazifasidan ozod etilgan. 4 nafar mas’ullarga “Hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanilib, 15 nafar xodimlar rasman ogohlantirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |