Buxoro viloyatida tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini va ularga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilgan.
– Viloyatda “Ayollar daftari” ning 2-bosqichida ro‘yxatga kiritilgan tibbiy yordamga muhtoj 6 ming 538 nafar xotin-qizlar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, – deydi viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Feruza Ibragimova. – Shundan 2 ming 199 nafari dori-darmon bilan ta’minlangan. 175 nafariga tibbiyot maskanlarda davolanishi uchun maxsus orderlar berilgan. 2 ming nafardan ziyodi ambulator davolangan. 16 nafarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Buning uchun jami 295 million 18 ming so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan. 311 nafar xotiq-qizlarga shu kabi boshqa turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan.
Ayni kunda “Ayollar daftari” ning 3-bosqichi ro‘yxatidagi og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga munosib tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning mavjud muammolarini ijobiy hal etish, erta tug‘ruq va onalik-bolalikni himoya qilishga doir masalalar yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |