Prokuratura organlari faoliyatining asosiy prinsiplaridan biri oshkoralikdir. Bosh prokuraturada o‘tkazilgan “ochiq eshiklar” kuni ham tizim faoliyati bilan yaqindan tanishishga qaratildi.
Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yuridik texnikumlar talabalari, Toshkentdagi Prezident maktabi o‘quvchilari, yuridik oliygohning magistratura bosqichi bitiruvchilarining ota-onalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastlab tadbir ishtirokchilari Bosh prokuraturaning murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, murojaatlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushuntirish berildi.
Prokuratura tarixi va faoliyatiga oid ochiq dars o‘tkazilib, Akademiya faoliyatiga oid rolik va taqdimot namoyish etildi.
Tadbir dasturining navbatdagi qismi Bosh prokuratura Akademiyasida davom ettirilib, unda ishtirokchilar multimedia studiyasi, kriminalistika kabineti, elektron tir, mobil kriminalistika laboratoriyasi imkoniyatlari hamda magistraturada o‘quv jarayoni bilan tanishtirildi.
Kriminalistika poligonida ishtirokchilar uchun qiziqarli kvest va psixologik testlar tashkil qilindi.
Pora bilan qo‘lga olish, sud va Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari tomonidan mol-mulklarni xatlash jarayonlari imitatsiyasi o‘tkazilib, bu ishtirokchi yoshlarda juda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev bilan uchrashuvi tashkil qilindi.
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari yoshlarni ularni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan ota-onasi, ustozlari ishonchini oqlash, Vatanimizga munosib farzand bo‘lish, yurtimiz rivojiga hissa qo‘shish, o‘qib-izlanib, teran fikrlash, ertangi kunimiz ravnaqi uchun mustahkam poydevor bo‘lishga chaqirdi.
Uchrashuv yakunida qatnashchilarga kitob va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |