2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi: murojaat va yechim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan davrida fuqarolardan jami 1 ming 638 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 1 ming 378 tasi tuman Xalq qabulxonasi nazorati ostida ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqilgan masalalarning 1 ming 97 tasi ijobiy hal etilgan. 124 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, qolgan 56 tasi o‘rganish jarayonida.

– Fuqarolarning murojaatlarini joyida ijobiy hal etish maqsadida Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining joylarda shaxsiy va ommaviy sayyor qabullari tashkil etib kelinmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Romitan tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Muyasarov. – O‘tkazilayotgan sayyor ommaviy qabullar jarayonida fuqarolardan jami 439 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 334 tasi ya’ni 76,1 foizi joyida qanoatlantirilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda qonun buzilish holatlarining oldini olish maqsadida tuman Xalq qabulxonasi rejasiga binoan joriy yil o‘tgan davri mobaynida tumandagi 21 ta tashkilotda murojaatlar bilan ishlash faoliyati o‘rganilgan.

– Shuningdek, sektorlar, davlat idoralari, tashkilotlarning aholi muammolari bilan ishlash holatlari bo‘yicha 10 marotaba monitoring o‘tkazildi, – deydi Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Muyasarov. – O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar jarayonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi tomonidan kiritilgan 69 ta taklif va taqdimnoma asosida, tumandagi tashkilotlarning 39 nafar xodimiga nisbatan "hayfsan", 1 nafar xodimga nisbatan jarima jazosi, 1 nafar xodimni ishdan bo‘shatish choralari qo‘llanildi.

06.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar