2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
15 nafar mahkumning murojaati qanoatlantirildi

Zarafshon shahrida Navoiy viloyat sudi hamda Navoiy viloyat ma’muriy sudi raislarining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Zarafshon shahri va Tomdi tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘tkazilgan qabulda yigirma nafar fuqaroning sud-huquq masalalariga doir murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda sudyalar tomonidan murojaatlarning 15 tasi joyida ijobiy hal etilib, 5 nafar murojaatchiga huquqiy maslahatlar berildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar hamda Tomdi tuman sudlari tomonidan 15 nafar mahkumning muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘iga almashtirish to‘g‘risidagi murojaatlari qanoatlantirildi.

Shuningdek, Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari foydasiga qariyb 71 million undirilib, ularning sudga qilgan murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga nisbatan asossiz kiritilgan da’voning 10 million qismi qanoatlantirishdan rad qilinishi natijasida ularning huquqlari buzilishining oldi olindi.

12.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar