2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muloqot ochiq va samarali o‘tdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, Axborot xizmati rahbari, polkovnik Shoxrux G‘iyosov markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar, korxona, tashkilot, muassasa axborot xizmatlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda tizimdagi tub islohotlar, ichki ishlarga oid qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar xususida so‘z bordi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan jinoiy yoki ma’muriy huquqbuzarliklar hamda voqea-hodisalar haqida jurnalist yoki blogerlar yozishidan avval, o‘sha hududdagi tizim axborot xizmatlari vakillari bilan bog‘lanib voqea-hodisa to‘g‘risida aniq ma’lumot olishi zarurligi ta’kidlandi. Bu bildirilayotgan munosabat va fikrlarning aniq va to‘g‘riligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

– Jurnalistlar belgilab qo‘yilgan me’yorga rioya qilmoqda. Biroq gurunch kurmaksiz bo‘lmaganidek, ayrim jurnalist va blogerlar axborot tarqatish huquqini buzayotgan holatlar ham uchramoqda, – dedi Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, Axborot xizmati rahbari, polkovnik Shohrux G‘iyosov. – To‘g‘ri, bizda so‘z erkinligi mavjud va sezuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo har qanday voqea-hodisaga bir tomonlama yondashish, mutasaddi huquq tartibot idorasi vakilining shu voqea-hodisaga bildirgan fikrini, o‘ziga “lozim” deb topgan joyini qoldirib, qolgan qismini olib tashlagan holda, shu voqelik to‘g‘risidagi ma’lumotidan “piar” yasash maqsadida berilishi amaldagi qonunchilikning buzilishidir. Har qanday voqea hodisa haqidagi videolavha, xabar yoki maqolalarni tayyorlashda xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarur.
Muloqotda jurnalist va bolgerlar tizimdagi jarayonlarga o‘z munosabati va  fikr mulohazalarini bildirdi. Sohada erishilayotgan yutuq va kamchiliklar, huquq tartibot idoralari axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga oid  takliflar muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javob berildi.

16.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar