Samarqand viloyat sudi mas’ullarining navbatdagi sayyor qabuli
Urgut tumani Xalq qabulxonasida tashkil etildi. Unda viloyat sudi raisi o‘rinbosari T.Bayzoqov va viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi B.Farmonov qatnashdi.
Qabulda jinoyat, iqtisodiy va fuqarolik sudlariga oid turli masalalar yuzasidan murojaat qilib kelgan 15 nafarga yaqin fuqaroning dardi eshitildi. Murojaatlar asosan, jazoni yengillashtirish, yer, mol-mulk, aliment va boshqa masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, nazoratga olindi.
Jumladan, sodir qilgan qilmishi uchun jinoiy javobgarlikka tortilib, jazo o‘tayotgan, tuman IIB probatsiya hisobida turuvchi 8 nafar mahkum qilmishidan pushaymonligi va tegishli xulosa chiqarganligi, qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tganligini bayon qilib jazoning o‘talmay qolgan qismidan ozod qilishni so‘rab murojaat qildi.
Shu yerning o‘zida jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi sudyalari tomonidan sayyor sud majlisi tashkil etildi va har bir holat alohida o‘rganilib, 6 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |