Jizzax viloyatining Yangiobod tumani “Sarmich” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi yangidan qurildi.
Endi bolajonlar yangi yilda yangi bog‘chaga borishadi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimligi, sektorlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari, mahalla faollari, mehnat faxriylari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari, tarbiyalanuvchilar hamda ularning ota-onalar ishtirok etdi.
Marosimda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev va boshqalar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Yangi yil va mahallada yangi bolalar bog‘chasi ochilgani bilan samimiy qutladi. Zamonaviy va ko‘rkam qiyofada bunyod etilgan ushbu ta’lim-tarbiya maskani sarmichlik bolajonlarni vatanga munosib farzandlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tadbirning rasmiy qismi nihoyasiga yetgach, ishtirokchilar barcha sharoitlar mujassam etilgan muassasa binosi va bolajonlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishtirildi. Ikki qavatli muhtasham maktabgacha ta’lim tashkilotining biri-biridan chiroyli, keng va yorug‘ xonalari, yotoqxonalari, musiqa va badiiy gimnastika zalining devorlari tarbiya maskaniga xos tarzda chiroyli rasmlar bilan bezatilganini alohida ta’kidlash lozim.
O‘yin maydonchalari, oshxona zamonaviy tarzda jihozlangan. Mo‘jazgina kutubxona javonidan bolalarga mo‘ljallangan asarlar o‘rin olgan.
Investitsiya dasturi asosida 3 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga barpo etilgan mazkur zamonaviy bog‘cha 120 nafar jajji o‘g‘il-qizlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu MTTda bolajonlarning yetuk avlod bo‘lib kamol topishlari uchun rus, ingliz tillari, sport va mohir qo‘llar to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.
Yangi bog‘chada 29 nafar, asosan “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan yangiobodlik xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |