2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ko‘mak va e’tibor uchun Prezidentimizga rahmat

Andijon viloyati Bo‘ston tumanida yangi yil bayrami arafasida “Temir daftar” ga kiritilgan 758 ta kam ta’minlangan hamda qiyin sharoitlarda yashayotgan oilalarga jami 606 million 400 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.

Prezidentimizning 2021 yil 21 dekabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, inson qadr-qimmatini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish, ularni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Temir daftar” ga kiritilgan oilalarga, 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga, shuningdek, 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan.

– Mazkur qaror ijrosi belgilangan tartibda ta’minlandi, – deydi Bo‘ston tumani hokimi Sanobarxon Nosirova. – Sektor rahbarlari boshchiligida mahallalardagi qiyin sharoitlarda yashayotgan hamda nogiron farzandlari bor 758 ta oilaga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.

Moddiy yordam olgan oilalar, e’tibor va ko‘makdan behad mamnun bo‘lmoqda.

– Ajrashganman, ikki nafar farzandimni yolg‘iz o‘zim voyaga yetkazyapman, – deydi Bo‘ston tumani, Bog‘i Eram mahallasida yashovchi Shohidaxon Qobulova. – Farzandlarimning biri nogiron. Mavsumiy ishlarni bajarib, tirikchilik o‘tkazaman. Yangi yil bayrami arafasida oilamizga 800 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatilganidan juda xursand bo‘ldik. Ko‘mak va e’tibor uchun Prezidentimizga, barcha yaxshi insonlarga mingdan ming rahmat.

03.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar