Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi faoliyati tugatilib, 83 nafar bolalar Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan 9 ta "Oilaviy bolalar uyi" ga berilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotganlar holidan xabar olindi.
Mehribonlik uyining 6 nafar tarbiyalanuvchisini dastlab tadbirkor Vahob Behbudov hamda Nargiza Sa’dullayevalar oilasi olgan edi. Oilaviy shifokorlar Hakim Jurayev va Zarnigor Sadirovalar ham 6 nafar bolaga ota-ona bo‘lganidan mamnun.
Jo‘rayevlar oilasi uch farzandi bilan birga asrab olgan 6 nafar bolani oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazmoqda. 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi Sobir Ochilov hamda Buxoro shahridagi 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Feruza Husanovalarning oilasida ham 7 nafar bola tarbiyalanmoqda. Hozirda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Mehriddin Mattiyev va uy bekasi Nilufar Rajabovalar oilasi 7 nafar bolani farzandlikka olgan.
Mutasaddilar oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar bilan suhbatlashdi. Qishki ta’til davrida nimalar bilan bandliklari o‘rganildi. Ularga sovg‘a-salomlar ulashildi. Shuningdek, mutasaddilar “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida tarbiyalanayotgan bolajonlar holidan ham xabar oldi.
Ayni kunda bu muassasada davlat ijtimoiy muhofazasiga olingan bolalar soni 270 nafarni tashkil qiladi. Ularga 14 nafar tor doiradagi shifokor, 32 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, qolaversa, 92 nafar tarbiyachi xizmat ko‘rsatmoqda.
Internat uyida tashkil etilgan tomoshalar, baxtli bolalik, go‘zal diyorimiz madh etilgan qo‘shiqlar, sho‘x kuylar bolalarga bir olam zavq bag‘ishladi. Bayram tadbiri so‘ngida, internatda tarbiyalanayotgan bolalarga sovg‘alar ulashildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |