Prezidentimizning 2022 yil 15 yanvardagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonasi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 24 soat davomida ishlaydigan shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
– Shtabda tumandagi tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish, elektr, gaz, suv va ko‘mir ta’minotidagi muammolarni tezkor hal etish masalalari va amalga oshirilgan ishlar tahlil qilib boriladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining G‘ijduvon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Usmon Halimov. – 2021 yilda aholi murojaatlari yuzasidan tumandagi 113 kilomter tuproqli yo‘llar shag‘allashtirildi. Joriy yilda tumandagi og‘ir hududlardan biri hisoblangan Baqqolar mahalla fuqarolar yig‘ini va 1-sektor hududidagi Qassabon mahalla fuqarolar yig‘inidagi tuproqli jami 1,5 kilometr yo‘llar shag‘allashtirildi.
– Sayyor qabulda murojaatim ijobiy hal etildi, – deydi Qassabon mahalla fuqarolar yig‘ini, Qassabon qishlog‘ida yashovchi Zokir O‘rinov. – Murojaatimga asosan Qassabon va Arabon qishloqlarini bog‘lovchi ichki tuproq yo‘llari shag‘allashtirildi.
Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilda tuman Xalq qabulxonasiga ijtimoiy nafaqalar, aliment undirish, moddiy yordam, gaz, suv, elektr ta’minoti, kredit olish, yo‘l qurilishi, transport masalasida va ish bilan ta’minlashni so‘rab murojaat qilgan fuqarolar soni ko‘paygan. Xalq qabulxonasiga kelib tushgan va nazoratdagi jami 2 ming 791 ta murojaatning 2 ming 541tasi ya’ni 93,3 foizi qanoatlantirilgan. Ularning 1 ming 989 tasi ya’ni 73 foizi bo‘yicha muammolar ijobiy hal etilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |