2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sud raislari Xalq qabulxonasida qabul o‘tkazdi

Samarqand viloyat sudi raisi Olim Hayitov va viloyat ma’muriy sudi raisi Tohir Fayziyevning navbatdagi sayyor qabuli Toyloq tuman Xalq qabulxonasida o‘tkazildi.

Tadbirda shuningdek, viloyat sudi raisining o‘rinbosarlari, jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari raislari ham ishtirok etib, aholining murojaatlarini eshitdi. Qabul davomida jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar yuzasidan 26 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning 17 tasi ijobiy hal qilindi. 9 nafar murojaatchilarga huquqiy tushuntirish berildi.  

Mamlakatimizda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar. Har kim qilmishiga yarasha jazosini olishi aniq. Biroq, qilmishining oqibatini anglab yetgan, pushaymon bo‘lgan, o‘ziga xulosa chiqargan shaxslarga qonunlarimizda yengillik bor. Qabul davomida bildirilgan murojaatlar asosida shu yerda jinoyat ishlari bo‘yicha sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Majlisda sud tomonidan bir qator shaxslarga tayinlangan jazolar bekor qilindi. Jumladan, A.Xodjakulovga jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudining 2021 yil 12 iyundagi hukmi bilan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi. A.Xodjakulov qilmishidan pushaymonlik bildirib, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarganligini ma’lum qildi va tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan 1 yil 5 oyini o‘tashdan ozod qilishni so‘radi. Sayyor sud majlisida mazkur murojaat qanoatlantirildi. Xuddi shunday yana 5 nafar shaxs jazoning o‘talmay qolgan qismidan ozod qilindi. Yana 4 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha bu fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi.  

29.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar