2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Avval ahvoli og‘ir bo‘lgan qishloq ahlining bugungi hayoti qanday?

Bo‘ka tumanining eng chekka hududi bo‘lgan «Bo‘ka» mahallasida qisqa muddatda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bularning barchasi bitta maqsad – inson qadri uchun, qishloqda yashayotgan odamlarni rozi qilish uchun amalga oshirildi.

Ikki hafta mobaynida Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan olis qishlog‘i ahli endi yangicha hayot kechiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori yurtdoshlarimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan endilikda Prezident Xalq qabulxonalari mutasaddilari fuqarolarni hokim yordamchilari bilan birgalikda qabul qiladi, ya’ni, odamlarning murojaatlarini samarali hal yetishda yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Prezident Xalq qabulxonasi vakillari va hokim yordamchilari mahallada fuqarolar uchun qabullarni faqat alohida ajratilgan yopiq binolarda emas, balki zaruratga qarab bevosita ko‘cha va hovlilarda, ochiq maydonlarda, dala sharoitida ham tashkil etdi. Bu jarayonlarda ular bilan birga sektor rahbarlari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi. Bu tizim ilk bor Toshkent viloyatining eng olis hududlari bo‘lmish «Bo‘ka» va «Cho‘lobod» mahalla fuqarolar yig‘inida joriy etilgan bo‘lsa, endilikda O‘zbekistonning barcha uzoq qishloqlarida, ayniqsa, ijtimoiy ahvoli, infratuzilmasi og‘ir bo‘lgan mahallalarda ham qo‘llanadi. 

Ularning ish kuni aholi bilan muloqot, murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan boshlanadi va qishloq ahli ko‘targan masalalardan kelib chiqqan holda qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi bo‘kaliklar tomonidan qabullar jarayonida o‘rtaga tashlangan eng dolzarb muammolardan biri bo‘ldi.
Bu muammoni hal qilish maqsadida maxsus texnikalar, yuzlab yuk mashinalari yordamida har kuni tonna-tonna qum-shag‘al aralashmasi keltirildi. Ish kunu-tun, qishloqning hamma hududi bo‘ylab tashkil etildi, yo‘llar ta’mirlandi. Ikki hafta davomida «Bo‘ka» mahallasida 12,5 kilometr yo‘l barpo etildi.

Obihayot insonning birlamchi ehtiyojlaridan biri. Qishloqdagi har bir ko‘chada transheyalar ochildi, yangi suv quvurlari yotqizilib, toza suv har bir xonadonga kirib bordi. Qisqa muddat davomida «Bo‘ka» mahallasida 15 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.
Aholi murojaatlarida eng ko‘p tilga olingan muammolardan yana birini hal qilish uchun tegishli korxonalar tomonidan xonadonlarni suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Mahalladagi yana bir jiddiy muammo elektr ta’minoti bilan bog‘liq edi. Foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan eski elektr tarmoqlari, transformator hamda simyog‘ochlar tizimdagi tez-tez uzilishlarning asosiy sababi edi. Bu masala ham o‘z yechimini topdi. Temir-beton ustunlar o‘rnatilib, elektr simlari va transformatorlar yangilandi, yoritish chiroqlari, 480 dona temir-beton ustun o‘rnatildi, 41 kilometrlik tarmoqlar yangilandi.

Qishloqda ko‘p yillar davomida yetarli e’tibor berilmagani tufayli melioratsiya va drenaj tarmoqlari loyga to‘lib, yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Shundan kelib chiqib, o‘tgan 14 kun mobaynida ishchilar ekskavatorlar yordamida kollektor va zovurlarni tozalab, tiklashdi, ularning bo‘yida tuproq eroziyasining oldini oladigan daraxt ko‘chatlari ekildi. Bo‘ka boy dehqonchilik an’analariga ega bo‘lgan tuman hisoblanadi. Ilgari IIV tasarrufida bo‘lgan 136 gektar yer 270 nafar yoshga ajratib berilishi bunday xayrli ishlarning ilk mevasi. 
Darvoqe, qabullar jarayonida boquvchisini yo‘qotgan, og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan oilalar, nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizdan uylarini ta’mirlashda yordam so‘rab, murojaatlar ham bo‘ldi. Ikki hafta mobaynida «Alhajar», «Toyloq», «Ukkiboy», «Qatortol» hamda «Xudoyqul ovul» kabi qishloqlardagi o‘nlab ana shunday uylar ta’mirlab berildi.

Tez orada hududda sun’iy qoplamali futbol maydoni, bolalar o‘yingohi, vorkaut, qishloq vrachlik punkti, bozor va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ishga tushadi.

Bu kabi xayrli tashabbuslar mamlakatimizning barcha hududlarida davom ettiriladi.

02.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar