2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda

Yoshlar ishlari agentligi Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tumanda ayni paytda yoshlarning umumiy soni 41 ming 853 nafarni tashkil etadi. 2021 yilda agentlik tomonidan 1448 nafar yoshning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi.

144 nafar yoshning tadbirkorlik va hunarmandchilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4 milliard 319 million so‘m kredit ajratildi. Shuningdek, dehqonchilik bilan shug‘ulanish istagidagi 499 nafar talabgorga 169 gektar yer maydoni ijaraga berilgan. 500 dan ziyod yigit-qiz kasb-hunar va tadbirkorlik asoslari bo‘yicha o‘qitildi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida, yil yakuniga qadar 1 ming 200 dan  ziyod yoshlar “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan.

– Xonadonimiz yonidan go‘zallik salonini tashkil etishda yordam so‘rab Yoshlar ishlari agentligi bo‘limiga murojaat qildim, - deydi Do‘stlik mahallasida yashovchi Munira Nazarova. – Murojaatim qisqa fursatda o‘rganilib, menga subsidiya hisobidan 9 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ hisobidan tashkil etilgan Go‘zallik saloni ayni paytda mahalladoshlarimizga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 

Munira Nazarova 1-guruh nogironi, uning imkoniyati cheklangan. Lekin, izlanish va mehnat qilishdan hech charchamaydi. Tikish va bichishdan ham uquvi bor. Kelgusida ish faoliyatini kengaytirib, mahallasidagi yana bir qancha xotin-qizni ish bilan ta’minlashni niyatida.

04.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar