Jizzax viloyatida “Ayollar daftari” bo‘yicha 2-sektor hududlarida yashovchi 56 ming 820 nafar 30 yoshdan oshgan ayollar bilan individual suhbatlar o‘tkazildi.
Ushbu sektorga qarashli hududlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga zarur amaliy yordam ko‘rsatish, daromad manbaini shakllantirish choralari ko‘rilmoqda.
Xatlovdan o‘tkazilgan ayollardan anketa so‘rovnomalari asosida birinchi bosqichda 7 ming 742 nafar, ikkinchi bosqichda 4 ming 200 nafar, jami 11 ming 942 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritildi.
Shu o‘rinda, o‘tgan 2021 yil davomida 2-sektor hududidagi mazkur daftar ro‘yxatiga kiritilgan ayollarning muammolari to‘liq bartaraf etilgan.
Xususan, 3 ming 330 nafar ayol bo‘sh ishga joylashtirilib, 851 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 1 ming 589 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit ajratilgan bo‘lsa, 488 nafar xotin-qizga tomorqadan foydalanishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.
1 ming 62 nafar boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand ayollar, 548 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, 298 nafar qarmog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari mavjud yolg‘iz ayollarning muammolari hal etildi.
Shuningdek, 95 nafar 1-guruh nogironligi bo‘lgan ayollarning uy-joylari ta’mirlanishi uchun pul mablag‘lari ajratildi, 276 nafar noturar joylarda yashovchi xotin-qizlarning turar joy masalasi hal etilib, ijara kompensatsiyalari to‘lab berildi.
Bundan tashqari, 2 ming 38 nafariga tibbiy, 773 nafariga huquqiy, 594 nafariga psixologik yordamlar ko‘rsatildi va 202 nafar ehtiyojmand ayolga bir martalik yordam pullari ajratildi.
Zomin tumanida joylashgan “Yoshlik baraka chevarlari” korxonasiga ishga joylashtirilgan fuqarolarning qariyb 100 nafari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlart daftari” ro‘yxatlariga kiritilgan xotin-qizlardir.
Ushbu korxonada mehnat qilayotgan opa-singillarimizga har oy 1 million 400 ming so‘mgacha barqaror ish haqi to‘lanib, kuniga 2 mahal bepul ovqat va ishga qatnashlari uchun transport vositasi bilan ta’minlangan.
Viloyatdagi 2-sektor hududlarida yashovchi tegishli daftarlarda turgan har bir xotin-qizning sharoiti prokuraturaning doimiy nazoratga olingan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |