2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar tahlili: avariya holatidagi maktab, bog‘chaga navbat kutayotgan bolalar

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, bevosita Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar, uyma-uy yurish jarayonlari, olis va chekka hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar qurilish, ichimlik suv, elektr-energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, ichki yo‘llar masalalarida yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Marg‘ilon shahridagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini yo‘ldosh shaharchasidagi bo‘sh turgan uylarga aholi ko‘chib borishi natijasida ichimlik suvga bo‘lgan talab oshgan va bosim pasaygan. Yo‘ldosh shaharchasi adirlikda joylashgani hisobiga ichimlik suv tepalikda yashovchi aholiga yetib bormagan. Ular ichimlik suvni tashib ichishga majbur bo‘lmoqda.

Quva tumanidagi “Ittifoq”, “Dasht” va “Turkrovot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi aholi ichimlik suvini uzoq yillardan buyon 2-3 kilometr masofadan tashib ichishlari oqibatida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Bu yerda 4,9 kilometr ichimlik suv tarmog‘i tortish muammosi mavjud. Farg‘ona tumani “Maydon” mahalla fuqarolar yig‘ini, Toshloq tumanidagi Naymanbo‘ston mahallasidagi ichki yo‘llar abgor holatda. Marg‘ilon shahri, Uchko‘prik, Toshloq tumanida esa elektr energiyasi ta’minotida jiddiy muammolar mavjud.

Marg‘ilon shahrining barcha hududlarida davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish uchun navbat kutayotganlar masalasi hanuzgacha dolzarbligicha qolmoqda. 54 ta mahallaning 32 tasida davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bor, biroq talabga nisbatan juda kam. Shaharda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini ko‘paytirish lozim. 

O‘zbekiston tumani “Elchi” mahalla fuqarolar yig‘inida 21-sonli maktabning filiali mavjud bo‘lib, hozirgi kunda 1- sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan 300 nafarga yaqin o‘quvchilar bilim oladi. Ushbu filial binosi hozirgi kunda avariya holatida bo‘lib, o‘quvchilarning bilim olishi va o‘qituvchilarning ishlashi uchun yetarlicha sharoit mavjud emasligi aniqlangan. Shahar va tumanlarda shu kabi muammolar aholining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida ular qanday yechim topadi. Kuzatamiz.

18.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar