Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli Samarqand shahrida oʻtkazildi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi hovlisida oʻtkazilgan tadbir soat 9.00 da boshlanib, 14.30 gacha davom etdi.
Asosan Samarqand shahri aholisi, shuningdek, viloyatning boshqa hududlaridan kelgan 300 nafarga yaqin fuqaroning har biri viloyat rahbariga “dardi”ni aytib, masalaga qonuniy yechim soʻradi. Qabulda viloyat hokimining oʻrinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, viloyat tashkilotlari hamda Samarqand shahridagi sektor rahbarlari ham hozir boʻlgani tufayli har bir murojaat mutasaddilar ishtirokida shu yerning oʻzida muhokama etildi.
Fuqarolar asosan, kommunal xizmat, uy-joy, tadbirkorlik faoliyati uchun yer va kredit ajratish, ishga joylashish, imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish masalalari, huquq-tartibot organlari faoliyati boʻyicha murojaat qildi.
– Viloyat hokimiga oʻzimiz yashab turgan koʻp qavatli uy tomini taʼmirlash, liftni almashtirish, yoʻlni sozlash boʻyicha murojaat qildim, – deydi Samarqand shahar Saʼdi Sheroziy mahallasida yashovchi A.Ochilov. – Hokim uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻini chaqirib, ushbu masalalarga izoh soʻradi va kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etish vazifasini qoʻydi. Boshqarma boshligʻi shu bugundan taʼmirlash ishlari boshlanishini aytdi.
Albatta, har bir fuqaro murojaati oʻzining foydasiga, ijobiy yechim topishini istaydi. Lekin qabul davomida asossiz, qonunga zid ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga rad javob berilib, mavjud tartib-qoida tushuntirildi. Xususan, Oqdaryo tumanidan kelgan bir guruh fuqarolarning qishloqqa tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha murojaati rad etilib, aholiga suyultirilgan gaz, ijtimoiy soha obyektlariga koʻmir yetkazib berilishi tushuntirildi.
Oʻrganish talab etadigan masalalar yuzasidan aniq muddat belgilanib, sayyor qabuldagi murojaatlarning natijasi bir haftadan soʻng mutasaddilardan soʻralishi maʼlum qilindi.
Gʻolib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |