Andijon viloyatida sharoiti og‘ir va rivojlanishi past hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Asaka tumanining Amir Temur hamda Qadriyat mahallalarini obodonlashtirish, infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan, xususan, oqova suv tarmoqlarini tortish, ichki yo‘llarni beton bilan qoplash, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu mahallalarda jami 72 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 32 tasida ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. Hududlarda 2 ta bolalar maydonchasi barpo etildi.
– Yoshim saksonni qoraladi, – deydi Amir Temur mahallasi, Iqbol ko‘chasida yashovchi Erkinoy Hoshimova. – Ko‘p yillardan buyon ko‘p qavatli uyda yashayman. Bir necha yil avval ham ayniqsa, qush kunlarida xonadonimizda tabiiy gazning yo‘qligi, elektr ta’minotidagi uzilishlardan juda aziyat chekar edik. Muammolar, qiyinchiliklar bizni tang ahvolga solardi, dardimizga esa hech kim quloq solmas edi. O‘tgan yili mahallamizda boshlangan ishlar ko‘nglimizni tog‘day ko‘tardi. Mana bugun qishni yakunlayapmiz, uyimizda gaz yonyapti, elektrda uzilishlar yo‘q. Umuman, bizni qiynayotgan ko‘p muammolar ijobiy hal etildi. Bundan ayniqsa, men kabi yoshi ulug‘lar behad mamnun bo‘lmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida mahallalardagi mavjud ko‘cha va yo‘llar betonlashtirildi. Ichimlik suvi ta’minoti sifatini oshirish, aholiga toza ichimlik suv yetkazib berish maqsadida yangi suv tarmog‘i tortildi. Elektr energiyasini uzluksiz va sifatli yetkazib berish borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Aholiga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish, almashtirish bo‘yicha ham ishlar tizimli yo‘lga qo‘yildi. Mahalladagi ko‘p qavatli uylarning ozodaligini doimiy saqlash, obodonlashtirish, aholi tomonidan bo‘ladigan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida hududda “Boshqaruv tashkiloti” tashkil etildi.
Boshqaruv tashkiloti xodimlari uyma-uy yurib, o‘z xizmatlarini aholiga taklif etmoqda. Shuningdek, xonadon egalari bilan shartnomalar tuzmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratilmoqda, ularning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga qaratilgan zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |