2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prokuror va yoshlar uchrashuvi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Yapon bog‘i”da “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Toshkent shahar prokuraturasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov tumandagi 5 yuzdan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 116 nafar yoshga amaliy yordam berilgan. Jumladan, 53 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi. “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 25 nafar yoshga o‘zini o‘zi band qilish maqsadida asbob-uskunalar olib berildi. 9 nafar yoshlarning haydovchilik guvohnomasi uchun, 24 nafar talabalarning to‘lov kontrakti uchun pul to‘lab berildi hamda 5 nafar yoshlarning IT yo‘nalishida 6 oylik kurslarda taxsil olishlari uchun bepul yo‘lanmalar berildi. 

Suhbat chog‘ida 200dan ortiq yoshlarning murojaati qabul qilindi. Ularning ayrimlariga ishga joylashganlik to‘g‘risidagi bo‘yruqlari taqdim etildi hamda mahalla profilaktika inspektori va mahalla yoshlar yetakchilariga ularni nazorat qilish vazifasi yuklatildi. 

Joriy yil fevral oyi davomida Ulug‘bek Qosimov tomonidan Yunusobod tumanida ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni mahallabay o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahridagi hamkor tashkilotlardan 1 nafar vakillar biriktirilib, ishchi guruh tashkil etildi.  

Ishchi guruh tomonidan Yunusobod tumanidagi 64 ta mahallalarga tashrif amalga oshirilib, o‘rganish davomida 91 nafar turli xildagi ko‘makka muxtoj yoshlar aniqlanib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.   

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga yo‘naltirilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.  Yarmarka davomida, 30 ga yaqin tikuvchilik bilan shug‘illanish istagidagi yoshlarga overlok, to‘g‘ri chok tikuv mashinasi berildi. 24 nafar yoshlarga to‘lov kontraktlari to‘langani, 9 nafar haydovchilik guvoxnomasi olish istagidagi yoshlarga, 5 nafar kompyuter yo‘nalishida o‘qish istagidagi yoshlarga to‘lov qilib berilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. 

Uchrashuv so‘ngida 5 tashabbus doirasida stol tennisi, shaxmat-shashka, kiber sport, kamondan o‘q otish kabi turli xil sport musobaqalari o‘tkazildi.  

04.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar