Xo‘jayli tumanidagi “Sarishungil” ovul fuqarolar yig‘inida “Ijtimoiy shaharcha”ning yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etib, yig‘ilganlarni yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘z bayrami hamda “Ijtimoiy shaharcha”ning foydalanishga topshirilishi bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar, shu jumladan, uy-joyga muhtoj fuqarolarni har tomonloma qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Inson qadrini ulug‘lash, ularni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, shu orqali qambag‘allikdan chiqarish yo‘lidagi ishlar buning yaqqol isbotidir.
“Sarishungil” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi avvalgi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi binosi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, ishsiz, uy-joyga muxtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, ularni daromadli qilish va kambag‘allikdan chiqarish maqsadida “Ijtimoiy shaharcha” ga aylantirildi. Shaharcha binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, uy-joyga muhtoj oilalarga 124 ta xonadon topshirildi. Bu yerda “Golden prayd Xodjeyli” hamda “Kegayli kun qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan 8 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Kambag‘allikdan chiqarish klasterini tashkil etishdan maqsad, birinchidan ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘lsa, ikkinchidan, oila a’zolarini kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikdan chiqarish hisoblanadi.
Shu maqsadda tumandagi “Midasiatex cluster” paxtachilik klasterining 150 o‘ringa mo‘ljallangan tikuv fabrikasi, 1 gektar yerda 100 ta issiqxona, 1000 bosh parranda boqiladigan 30 ta katak, baliq yetishtirish uchun ikkita hovuz, non va non mahsulotlari sexi, 1500 jo‘ja ochib chiqaradigan inkubator tashkil etildi.
“Ijtimoiy shaharcha”da tibbiy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi xonalari mavjud bo‘lib, shu yerning o‘zida nuroniylarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, shaharchada istiqomat qiluvchilarga xizmat ko‘rsatadigan tibbiyot markazi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, shaharcha direktori va xodimlariga maxsus xonalar ajratilgan.
Shaharchada dorixona, sport zal va sport maydonchalari, kutubxona, WIFI hududi, IT markaz, kompyuter xonasi, kasbga yo‘naltiruvchi mono markaz, savdo do‘koni, sartaroshxona, payabzal ustaxonasi va boshqa xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, 25 nafar bolaga mo‘ljallangan “Xo‘jayli kelajagi” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib bormoqda.
Tadbirda xonadon kalitlari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi.
– Uy-joyimiz bo‘lmaganligi uchun ijarada yashab, qiynalib keldik, – deydi boquvchisini yo‘qotgan ona Amina Bekturg‘anova. – Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, ishsiz, uy-joyga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildiramiz. Bu yerda istiqomat qiluvchilar uchun barcha shart-sharoit mavjud.
Tadbir ishtirokchilari “Ijtimoiy shaharcha”da yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |