2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Faxriylar yoshlarga to‘g‘onoq emas, suyanchiq, raqib emas, ustoz...

Dunyodagi boshqa xalqlarga qaraganda o‘zbekchilikda keksalarga alohida ehtirom ko‘rsatiladi.

Mamlakatimizda keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yaxshilash maqsadida sohaga oid 10 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. Nuroniylarning ijtimoiy faolliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Faxriy murabbiy» ordeni va «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shuningdek, keksalar uchun 152 ta tuman va shaharda «Nuroniylar maskani» majmualari tashkil etildi. Barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘liq miqdorda to‘lash yo‘lga qo‘yildi.

Yoshlar tarbiyasida yoshi ulug‘larning pand-nasihatlari, fikrlari, o‘gitlari va maslahatlari bilan ish yuritishning ahamiyati yuqoridir. Zero, faxriylar yoshlarga to‘g‘onoq emas  suyanchiq, raqib emas  ustozdir...

Davlatimiz rahbari tomonidan  joriy yil 15 martda  qabul qilingan «Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, mahallalarda «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Darhaqiqat, katta tajribaga ega nuroniylar, uzoq yillar turli sohalarda mehnat qilgan obro‘-e’tiborli kishilarning salohiyatidan foydalanish, kechagi va bugungi kunimizning farqini qiyosiy ko‘rsata olish olib borayotgan targ‘ibot ishlarning samarasini yanada oshishiga xizmat qiladi. 

«Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimi tashkil  qilinib, ularga ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari  ko‘rsatiladi.

BELGILANGAN CHORA-TADBIRLAR

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibi  bekor qilinadi.

Endilikda, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan keksalarning sanatoriylarda  bepul davolanishi, ularning dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlanishi O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Mahallalardagi yoshlarning tarbiyasi va axloqida bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlardan kelib chiqib nuroniy va ziyolilar jamg‘arma mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib boriladi. 

Keksalarning respublikamizdagi diqqatga sazovor joylarga sayyohlik safarlarini tashkil etish maqsadida jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ikkita zamonaviy avtobus xarid qilinadi hamda  sayyohlik safarlarini uyushtirish bo‘yicha tarixiy shaharlar va diqqatga sazovor joylarning ro‘yxatini shakllantirilib chiqiladi.

IMKONIYATLAR...

2022 yil 1 oktyabrga qadar jamg‘armaning «Nuroniy» elektron platformasi va yagona elektron bazasi faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda keksalarga oid ma’lumot va yangiliklarni ularning mobil telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuborish orqali ma’lum qilib borishi ta’minlanadi.

Kutubxonalarga a’zo bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqa nashrlar yetkazib beriladi.

16.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar