Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi "Sho‘rsuv" o‘quv punktining 2022 yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Ma’naviy - ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari faxriylari iste’fodagi polkovnik M.Mo‘minov, podpolkovnik Z.Ataxanov, kapitan M.Kenjayev, O‘zbekiston Respublikasi milliy parolimpiada qo‘mitasi Farg‘ona viloyati bo‘limi a’zosi, 2020 yil 16-yozgi parolimpiadaning "Diska uloqtirish" bo‘yicha oltin medal sohibasi M.Hamdamova, "Nayza uloqtirish" buyicha 4-o‘rin sohibi Y.Odilov, 2017-2018 yillarda Chegara qo‘shinlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab imtiyozli tavsiyanomani qo‘lga kiritgan, hozirda Farg‘ona davlat universitetining 3- boskich talabasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi Z.Jo‘rayev, Farg‘ona davlat universitetining professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Dunyo miqyosida milliy va global xavfsizlikka qarshi tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi murakkab zamonda harbiy sohani yuksaltirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shu bois “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!” degan g‘oya va amaliy harakat barcha bo‘g‘indagi hokimiyat hamda boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar, ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa, Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan dalolat beradi. DXX Chegara qo‘shinlari Farg‘ona viloyati boshqarmasi harbiy qismlaridan birida bo‘lib o‘tgan “Uch avlod uchrashuvi” ham mazmun-mohiyatiga ko‘ra ana shu jihatlarni aks ettirgani bilan e’tiborlidir.
Tadbirda sarhadlarimiz daxlsizligini asrash, osmonimiz musaffoligini himoyalashda har birimiz burchli ekanligimiz qayd etildi. So‘z xalqimiz osoyishtaligini asrash haqida borar ekan, mehnat faxriylari harbiy xizmatdagi tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdi.
Farg‘ona davlat universiteti murabbiylari esa bugun ma’naviyat va ilm-fanning ravnaqi ortib, bu ikki omil millatning kuch-qudratiga aylanib borayotganini misollar orqali atroflicha izohlab berdi. Oliygohlarda yangidan joriy etilgan tyutor lavozimi, uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligiga to‘xtalib o‘tildi. Yashirishning hojati yo‘q, so‘nggi vaqtlarda talabalarning turar-joy masalasidagi tashvishlari, ayrim xulq-atvori salbiy ko‘rinish aks etgan yoshlar bilan tushuntirish targ‘ibot ishlarini olib borish yechimini kutayotgan muammolardan biri edi. Tyutor zimmasiga yuklatilgan vazifalar ana shu muammolarga barham berdi. Qolaversa, barkamol avlod o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar salmog‘ini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uchrashuvda shu haqida ham so‘z yuritildi.
– Shuni alohida ta’kidlash zarurki, harbiy xizmatchilarning har jihatdan farovon hayoti – mamlakatimizda xarbiy xizmatning nufuzi va obro‘-e’tibori naqadar yuksak ekanini namoyon etmoqda, – deydi mayor A.Akbalayev. – Milliy armiyamizda chiniqish maktabini o‘tagan, har qanday fursatda Vatan himoyasi uchun tayyor bo‘lgan butun bir avlod voyaga yetmoqda. Shu bois harbiy xizmatga yigitlarning saralari jalb etilmoqda. Ularning ham jismoniy, ham ma’naviy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilayotir. Negaki, bugungi zamonda faqat ijtimoiy jihatdan yaxshi ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shu bilan birga, puxta tayyorgarlikka ega Qurolli Kuchlargina mamlakatimiz havfsizligini asrashga qodir bo‘ladi.
Uch avlod jam bo‘lgan uchrashuvda askarlarning hayot tarzi, chiniqish maktabidagi shart-sharoitlar haqida ham so‘z bordi. Samimiy muloqotlarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.
Tadbirda vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Vatanparvarlik ruhidagi she’rlar o‘qildi. Harbiy qism ma’muriyati tomonidan faollarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |