2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yosh avlod vakillari fidoyilar va qahramonlarning mehnatini yaxshi bilishi lozim

Yoshi ulug‘larga hurmat va e’tibor kabi milliy urf-odatlarimiz bugun davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida alohida vazirlik tashkil qilingani ham fikrimiz isboti.

Puxta o‘ylangan bu tizim orqali muammolarni kompleks hal etishda, eng avvalo, yoshlar tarbiyasida  oqsoqollar, keksa avlod vakillarining o‘rni juda muhim. Ko‘klam tantanalari munosabati bilan Surxondaryoning katta avlod vakillari viloyatning eng faol yoshlari bilan birgalikda bayramona dasturxon atrofida jam bo‘ldi. 

Tadbir O‘zbekiston qahramonlari, mehnat faxriylarining hayot yo‘llariga bag‘ishlangan hujjatli film namoyishi bilan boshlandi. Mazkur filmda ularning har biri haqida mashaqqatli umr va mehnat yo‘llari hikoya qilindi.

Xususan, mehnat faxriysi Bozor Rahmonovning umr chizgilaridan bir parcha ekranda aks etganda, bu uning uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Filmni tomosha qilar ekan, otaxon ko‘zlariga yosh oldi. 

O‘zbekiston qahramoni Rahmon Muhammadiyev uchun atalgan film ham, otaxon uchun kutilmagan hadya bo‘ldi, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Dunyoga mashhur oftalmolog bu o‘tgan davrlarni tik turgan holda tomosha qilib, o‘zining his tuyg‘ulari, quvonchini yashirmadi. Surxon elida mehnatsevarlik va o‘ziga talabchanlik namunasi  sifatida o‘rnak bo‘lib kelayotgan mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonov haqidagi lavhalar yig‘ilganlarning ruhiyatiga, qalb tuyg‘ulariga ta’sir qilmasdan  qolmadi.
Bu insonlar – O‘zbekistonning haqiqiy oltin fondi, yoshlar ibrat olsa, arzigulik vatan fidoiylari. Yosh avlod vakillari nafaqat hozirgi qahramonlarni, balki bugun oramizda bo‘lmasa-da, yaqin o‘tmishdagi fidoyilar haqida ham bilishi lozim.  Tadbir ishtirokchilariga umri davomida viloyatning har tomonlama rivojlanishida o‘zini munosib hissasini qo‘shgan 5 nafar mehnat faxriylari –  Murod va Abdulla Xo‘jamqulovlar, Do‘stmuhammad Otarboyev, Stepan Bogma, Mixail Yeremevlar haqidagi filmlar ham namoyish etildi.

Mazkur hujjatli filmlar kelajak avlod vakillari uchun katta maktab vazifasini o‘tab berdi. Tadbir doirasida viloyatda joylashgan Hakim At-Termiziy qadamjosini ziyorat qilishda ham keksalarga aynan yoshlar hamrohlik qilishdi. 

Keyingi uch avlod uchrashuvining manzili – Qashqadaryo viloyati.  

30.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar