2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat prokurori olis hududdagi muammolarni o‘rgandi

Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov og‘ir hudud toifasiga kiritilgan Qorako‘l tumani “Qulonchi” mahallasida obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mahalla aholisi bilan uchrashdi.

Dastlab, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilingan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasining savdo rastalariga chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va narxlar barqarorligi o‘rganildi. 

So‘ngra, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi. Ularning muammolari tinglandi. Tadbir doirasida, aholi salomatligini yaxshilash maqsadida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga 4 ta eshitish  moslamasi, 5 dona hassa berildi. “Yoshlar daftari” ga ro‘yxatga kiritilgan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan 5 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari topshirildi. Dastur doirasida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, simyog‘ochlar, transformator o‘rnatish, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazish ishlari bajarildi.  

Tadbir so‘nggida tadbirkorlik yo‘nalishida imtiyozli kredit olishga ehtiyoji bo‘lgan 25 nafar fuqarolarning muammolarini hal qilish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 

31.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar