2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Erkin Yo‘ldoshev: Ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar qurilishi nazoratda

Ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar, jumladan obodonlashtirish, yo‘l qurilishi kabi ko‘plab sohalarda byudjet mablag‘lari talon-toroj qilish holatlari ko‘plab uchragan.

Endilikda ushbu sohada Respublika shtabi tashkil etildi. Mazkur shtabga Bosh prokuror o‘rinbosari rahbarlik qilmoqda.

2022 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijrosi bo‘yicha mazkur shtab va uning bo‘g‘inlari nazoratni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Erkin Yo‘ldoshev nazorat natijalari haqida quyidagilarni ma’lum qildi:

- Davlatimiz rahbarining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan Respublika shtabi hamda viloyat va tuman - shahar prokurorlari rahbarligida hududiy shtablar faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Shtablar tomonidan dasturlar ijrosi uchun mas’ullar, shu jumladan, buyurtmachi, loyihachi, ekspert va pudratchilarga asosiy
talablar tushuntirildi. Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan 2 ming nafarga yaqin mansabdor rasman ogohlantirildi.

Shtablarga jalb etilgan huquqni muhofaza qilish organlari, vazirlik va idoralarning 5 mingdan ortiq xodimlari Bosh prokuratura Akademiyasining maxsus o‘quv kurslarida o‘qitildi.

Prokuratura organlarida joriy etilgan “Byudjet nazorati” elektron dasturini Qurilish va Moliya vazirliklarining tegishli tizimlari bilan integratsiya qilish orqali barcha ob’ektlar bo‘yicha “tuman – viloyat – respublika” darajasida onlayn monitoring yo‘lga qo‘yildi.

Bunda ob’ektning loyihasini ishlab chiqishdan boshlab, u foydalanishga topshirilgunga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar shtablar kuzatuvida bo‘ladi.

Internetda ochilgan maxsus kanal va shtablarda ishga tushirilgan “ochiq telefon” orqali keng jamoatchilik uchun dasturlar ijrosining borishini muhokama qilish imkoni yaratildi. Binobarin, har bir fuqaro dastur doirasidagi ob’ektlar bilan tanishishi va ulardagi kamchiliklar, nuqsonlar haqida fotomateriallarni ilova qilgan holda shtablarga xabar berishi mumkin.

Pudratchi tashkilotlarning reytingini yuritish va tender savdolari o‘tkazishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish natijasida 5 mingdan ortiq pudratchining salohiyati noxolis baholanayotgani, oqibatda ularning reyting ko‘rsatkichlari noto‘g‘ri shakllangani aniqlandi.

Shtablarning bu kabi tizimli kamchiliklar omillarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar asosida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 fevraldagi qarori bilan 20 dan ortiq baholash mezonlari bekor qilindi. Reyting ko‘rsatkichlarini 16 ta tashkilotning integratsiyalashgan ma’lumotlar bazalari orqali adolatli shakllantirish tartibi joriy etildi.

Chuqur o‘rganishlar asosida 20 mingdan ziyod tajribali va salohiyatli pudratchi saralab olindi.

Joriy yildan boshlab pudratchini tanlash jarayonida xarid komissiyasining ishtiroki ilk marotaba to‘liq bekor qilindi. Boshqa davlatlar amaliyotida kuzatilmagan bunday tartib inson omilini mutlaqo istisno etadi. Endilikda davlat ob’ektlarini quradigan pudratchilar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi platforma orqali elektron tarzda aniqlanadi.

Joriy yilgi dastur doirasida byudjetdan ajratiladigan 23,7 trillion so‘m mablag‘ning maqsadli sarflanishi va ishlarning sifatli bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatildi. Manzilli ro‘yxati aniq bo‘lgan 1 ming 728 loyihaning har biri monitoringga olindi.

Dasturdagi oldingi yillardan o‘tgan 453 ob’ekt joyiga chiqqan holda birma - bir o‘rganilib, ulardagi ishlarni yakunlash yuzasidan tarmoq jadvallari tasdiqlandi. Ularning har biriga kuzatuv kameralari o‘rnatildi va prokuratura xodimlari biriktirildi.

Joriy yilda yangidan boshlanuvchi 1 ming 111 ob’ektning loyiha - smeta hujjatlari ham ishlab chiqildi. Ularning 999 tasi davlat va 669 tasi kompleks ekspertizadan o‘tkazildi, 813 tasi tender savdolariga qo‘yildi.

Dastur ijrosi bo‘yicha mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Respublika shtabi rahbari boshchiligidagi guruh har bir hududda haqiqiy holatni o‘rganmoqda.

Hozirga qadar Toshkent, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan muammolarni hal etish, jumladan, ob’ektlarda sifatli mahalliy qurilish materiallarini ishlatish, loyihalarni optimallashtirish hamda yangi texnologiyalardan foydalanish choralari ko‘rildi.

Joylardagi vaziyat viloyat hokimlari va bevosita ijrochilar ishtirokida muhokama qilinib, vazifasini lozim darajada bajarmagan 60 nafardan ortiq mas’ullar intizomiy javobgarlikka tortildi.

O‘z navbatida, Respublika shtabi tashabbusi bilan hududlarda haftaning bir kuni “Qurilish kuni” sifatida belgilanib, viloyat hokimlari ob’ektlar kesimida ishlarning borishini muhokama etmoqda. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha shtablar hamkorligida tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Dasturlar ijrosi yuzasidan nazorat samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

07.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar