2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy qabullarda ajrashish arafasida turgan 8 ta oila yarashtirildi

Davlat idoralari mas’ullari tomonidan hududlarda sayyor qabul ko‘rinishida tashkil etilayotgan muloqotlar fuqarolar kun tartibiga qo‘yayotgan turli muammolarga samarali yechim topish, ovoragarchiliklarga barham berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligining mas’ul mutasaddilari ishtirokida Andijon viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil etilgan navbatdagi ommaviy qabul ham yuqori idoralarga murojaat etish istagidagi fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilish barobarida ko‘plab muammolarga ijobiy yechim topilganligi bilan samarali bo‘ldi. 

Uch kun davomida viloyatning Andijon, Asaka, Bo‘ston, Oltinko‘l, Xo‘jaobod tumanlarida tashkil etilgan qabullarda mutasaddilar fuqarolarning turli masalalar yuzasidan ariza, shikoyat va takliflarini o‘rganib chiqib, o‘zlarining qonuniy xulosa va huquqiy tushuntirishlarini berdi. Shu bilan birga, yuzlab murojaatlar ijobiy yechim topdi. 

– Harakatlarimning huquqiy oqibatini tushunib-tushunmay egri yo‘lga kirganim uchun sudlanib, axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan edim, – deydi buloqboshilik Shohnur Karimov. – Qabulda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risidagi murojaatim qanoatlantirilganidan xursandman. Bu men uchun bir umrga saboq bo‘ldi, jazoni o‘tash davrida xatolarimdan yetarlicha xulosa chiqardim. Qabullar davomida birgina Oliy sud mutasaddilari tomonidan 354 nafar fuqaroning murojaati qayd etildi. Ularning 209 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 12 tasining ijrosi nazoratga olindi, 133 nafar fuqaroning jazodan muddatidan avval ozod qilish, aliment, ish haqi undirish hamda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash bo‘yicha arizalari qanoatlantirildi.  

E’tiborlisi, muloqotlar jarayonida ajrashish arafasida turgan 8 ta oila yarashtirildi. Umuman, qabullar davomida 91 nafar fuqaroning turli muammolari ijobiy hal etildi.  

20.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar