Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari rahbar xodimlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ommaviy qabullar boshlandi.
Jumladan, Qo‘ng‘irot tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari B.Isakov tomonidan jami 31 nafar fuqaro qabul qilindi. Fuqarolarning 23 ta murojaati jinoyat ishlari bo‘yicha, 6 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha, 1 tasi ma’muriy ishlar buyicha, 1 tasi iqtisodiy ishlar buyicha sudlarga oid murojaatni tashkil etadi. Shundan 29 nafar fuqaroning og‘zaki, 2 nafar fuqaroning yozma murojaati qabul qilindi.
Jami 31 ta murojaatdan 14 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 15 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudi tomonidan jami 10 nafar mahkumga nisbatan, shundan 2 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi, 8 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan ozodlikdan maxrum qilish jazolari yengilrog‘i bilan almashtirildi. Shuningdek, 2 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida xal qilish uchun qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov xay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 5 nafar shaxsga nisbatan ish haqi undirish haqidagi arizalar qanoatlantirildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |