2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim yordamchilari faoliyati: 768 ta mahalla “a’lo” va 3 ming 636 ta mahalla “qoniqarsiz” deb baholandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Sirojiddin Rasulov hokim yordamchilari faoliyati natijalari xususida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hokim yordamchilari tomonidan hududlarda har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlari belgilab olindi. Xonadonbay ro‘yxat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy vaziyatni o‘rganish natijasida oyma-oy amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, aholini, birinchi navbatda, ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash ishlari tashkil qilinmoqda. 

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 19 aprel kuni “mahallabay” ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilab berildi. Shuningdek, videoselektorda hokim yordamchilari faoliyatining dastlabki natijalari ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilganidek, ular uch oy davomida 6 million 900 ming xonadonni xatlovdan o‘tkazib, 4 ta toifaga ajratgan. Xonadonlarning 11 foizi kam daromadli, 47 foizi qo‘shimcha daromadga ehtiyoji bor, 6 foizi ijtimoiy himoyaga muhtoj, 36 foizi o‘ziga to‘q oilalar ekani aniqlangan. Shu asosda ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashilgan.  

O‘tgan uch oyda hokim yordamchilari tashabbusi bilan 50 mingta oilaviy tadbirkorlik loyihasi uchun 1 trillion 300 milliard so‘m kredit va 20 milliard so‘m subsidiya ajratildi. Natijada joylarda 47 mingta yangi tadbirkor faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 8 mingta kichik sanoat va servis loyihasi ishga tushirildi.  

Shu bilan birga, hokim yordamchilari mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, hokim yordamchilari tomonidan 2022 yil yanvar-mart oylarida 24 mingdan ziyod korxona va tashkilotlardagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga 73 ming nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirilgan.  39,2 ming nafar fuqarolar kasb-hunarga va 14,4 ming nafar fuqaro tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilgan. 342 ming nafar mehnatga layoqatli ishsiz yoki norasmiy band aholining o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlangan. 

2  ming 547 ta kichik ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilgan. Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 5  ming 524 ta (977 ta sartaroshxona, 1981 ta savdo do‘konlari, 725 ta go‘zallik saloni va 1 ming  841 ta boshqa yo‘nalishda) ob’ektlar ishga tushirilgan. 1 ming 897 ta korxona faoliyati kengaytirilib,  kam quvvat bilan ishlayotgan 1  ming 380 ta korxonaning quvvatlari qayta tiklanishiga erishilgan.  

“Mahallabay” ishlash tizimida hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyatini inson omilisiz monitoring qilish va baholab borish yuzasidan “Online-mahalla.uz” platformasida  samaradorlikni baholash tizimi ishga tushirildi.

Respublika bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari 6 ta ko‘rsatkich va 5 ta tashabbuskorlik xislatlarini baholashni o‘z ichiga olgan so‘rovnoma orqali onlayn tarzda baholandi.  Xususan, 768 ta mahalla “a’lo”, 2 ming 163 ta mahalla “yaxshi”, 2 ming 770 ta mahalla “qoniqarli” va 3 ming 636 ta mahalla “qoniqarsiz” deb topilgan.

27.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar