Xalq deputatlari viloyat Kengashining yaqinda o‘tkazilgan 62-sessiyasida Narpay tumani sektor rahbarlarining hisoboti deputatlarni qoniqtirmagach, ushbu masalani mahallalar kesimida o‘rganib, tumanning o‘zida muhokama qilishga qaror qilingan edi.
Ayni paytda Narpayda Xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasi o‘tkazilmoqda. Viloyat Kengashi deputatlari ishtirokida o‘tkazilayotgan sessiyada tuman sektor rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borayotgan faoliyati tahlil qilinmoqda.
– Sektor tashkil etishdan maqsad – boshqaruvning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, – dedi Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat Kengashi deputati.
– Afsuski, o‘rganishlarimiz davomida bu tizim hamma joyda ham yaxshi ishlamayotgani ma’lum bo‘ldi. Odamlar sektor rahbarlarini tanimaydi. Aksariyat hollarda aholining murojaatini kutib o‘tirishibdi. Vaholanki, sektor rahbarlari murojaatga o‘rin qoldirmay, o‘zlari aholi huzuriga borishi kerak.
– Biz sektorlarda hamma ishlarimiz joyida deb biroz xotirjam yurgan ekanmiz, – dedi Narpay tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Rahmonov. – Viloyat Kengashi deputatlari kelib o‘rgangach, kamchiliklarimizni, nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini angladik. Biz ko‘proq dasturlar bilan cheklanib qolgan ekanmiz, o‘zimiz ham mahallalardagi ko‘p masalalarni ichki imkoniyatlarimiz bilan hal qilishimiz mumkin ekan.
– Xulosa qilamiz, ko‘zimiz ochildi – bular umumiy gap, – dedi sessiyada ishtirok etgan Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov. – Xalqqa gap emas, natija kerak, amaliy ishlar kerak.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |