2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
To‘ra Bobolov: “Xalqimizni uy-joy bilan ta’minlab, rozi qilish o‘ylantiradigan masalalardan biriga aylangan”

Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi va Prezidentimizning viloyatdagi Xalq qabulxonasi hamkorligida “Inson qadri hamma narsadan ustun!” shiori ostida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda viloyat sektorlari rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, viloyat tashkilot va idoralari boshliqlari, xalq deputatlari viloyat va shahar kengashi deputatlari, mahallalar raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

– Ochiq muloqotga kelgan fuqarolar orasida uy-joy masalasida murojaat etadiganlar ham ko‘pchilik, – dedi viloyat hokimi To‘ra Bobolov. – Bu muammosi bo‘lgan yurtdoshlarimizning ayrimlari uyning boshlang‘ich to‘lovini to‘lab berish imkoniyatiga ham ega emas. Ba’zilarining daromadi tijorat uylari uchun kredit rasmiylashtirishga yetmaydi. Xalqimizni uy-joy bilan ta’minlab, rozi qilish meni ko‘p o‘ylantiradigan masalalardan biriga aylangan. O‘tgan yili shaharda yuz xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli arzon, ixcham uy qurib, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan yoki uy-joyga o‘ta ehtiyojmand oilalarga topshirildi. 

Ayrim xonadonlar uchun boshlang‘ich to‘lov homiylik asosida qoplab berildi. Bu yil yana xuddi shunday uy quriladi. Lekin unga da’vogarlik qiladiganlar uchun qatiy talab qo‘yiladi. Bir va ikki xonali ixcham, arzon ko‘p qavatli bu uy yashash sharoiti va ijtimoiy ahvoli chuqur o‘rganilgach, eng ehtiyojmand oilalarga taqsimlanadi. Biroq, hech kimga tekin uy yo‘q. Uzoq muddatli kredit asosida doimiy ish joyiga ega kishilarga beriladi.

Ochiq muloqotda fuqarolar imtiyozli kredit olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, uy-joy, ichimlik suvi, farzandining o‘qishi uchun kontrakt to‘lovi, ishga joylashish, uy-joyga subsidiya ajratish, sog‘ligini tiklash, uy-joyini ta’mirlash uchun moddiy yordam kabi masalalarda murojaat etdi. Har bir masala e’tibor bilan tinglanib, mutasaddilar ishtirokida ularni joyida hal etish yo‘llari izlandi.

Termiz shahridagi Bog‘zor mahallasida yashaydigan Marina Davxanova bir o‘g‘il va ikki qizi bilan besh xonali uyda yashaydi. Taqdir taqozosi bilan qizlari turmushidan ajrashgan. Farzandlari bor. Marina momo viloyat rahbariga murojaat etib, to‘rt oilaning bir hovlida yashayotgani ayrim hayotiy muammolarni keltirib chiqarayotganini aytdi. Qizlariga uy-joy olishda amaliy yordam so‘radi.

– Katta qizim vaqtincha ishsiz, – deydi Marina Davxanova. – Ikkinchisi hamshira bo‘lib ishlaydi. Subsidiya asosida uy olaylik, desak oylik maoshi to‘g‘ri kelmayapti. Farzandlarimga hozir yashab turgan hovlini bo‘lib beray desam, buning ilojini topolmayapman. Hech bo‘lmasa bu yil bir qizimga uy olmasak, to‘rt oila kichkina bir uyda siqilib qoldik.

Mazkur muammo shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida joyida muhokama etilib, uning yechimini topish uchun yangi quriladigan arzon uydan bir xonadonni ajratishga kelishildi. Viloyat hokimi buning uchun oilaning sharoiti va ajrim sabablarini chuqur o‘rganib, tegishli xulosaga kelish vazifasini topshirdi.

Xurshida Xaydarovaning nogironligi bor farzandi har yili poytaxtdagi shifoxonalardan birida muolaja olishi kerak. Bu yil uni davolatish uchun tibbiyot yo‘llanmasi oldi-yu, lekin yo‘l harajatlariga jamg‘argan mablag‘i kamlik qilib qoldi. Onaxon shu masalada ko‘mak so‘rab, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, tadbirkor Hayitali Allamurodovga murojaat etdi.

– Turli xayollarga borib bo‘lsa-da, deputatga uchrashgan edim, gaplarimni tinglab, masalani ijobiy hal etdi, – deydi X.Haydarova. – Nafaqat yo‘l puli, balki borish-kelish uchun zarur bo‘ladigan boshqa harajatni ham beg‘araz yordam sifatida beradigan bo‘ldi. Ertadan keyin farzandim bilan poytaxtga yo‘l olamiz.

Sakkiz soat davom etgan ochiq muloqotda 367 fuqaroning 447 ta muammosi tinglanib, ularning yuzga yaqini joyida hal etildi. Yettita murojaatga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan masalalar vaqt va mablag‘ talab etgani uchun muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.

 

11.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar