Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan aholi bilan yaqindan muloqot qilish, sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi bilan bog‘liq muammolarga joyida yechim topish maqsadida may oyining har shanba kuni sektorlarda sayyor qabullar tashkil etish rejalashtirilgan.
Muzaffar Yo‘ldoshev Davlatobod tumanining Yuksalish mahallasida yashaydi. Oiladagi kelishmovchilik sababli turmushi buzilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning buyrug‘i bilan otadan voyaga yetmagan farzandi uchun har oyda aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan. Biroq, Muzaffar biror joyda muqim ish bilan band bo‘lmagani bois aliment to‘lashda qiynalib kelayotgan edi. Bo‘lim tomonidan birinchi sektor joylashgan manzil - “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda u bandlik masalasi bo‘yicha murojaat qildi. Bu muammo tegishli mutassaddilar bilan joyida o‘rganilib, uni hududdagi ishlab chiqarish korxonasiga ishga joylashtirishga ko‘maklashildi.
Byuroning Namangan shahar va Chortoq tumanlari bo‘limlari tomonidan uyushtirilgan sayyor qabullar davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning asosiy qismini aliment qarzdorligini undirish masalasi tashkil etdi. Boshqarma tashabbusi bilan haftaning har shanba kuni tashkil etilayotgan sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish imkonini berayotganligi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.
Jumladan, o‘tgan shanba kuni shahar va tumanlardagi ikkinchi sektor hududidagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lgan sayyor qabullarda 120 dan ziyod murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 30 dan ortig‘i o‘z joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 72 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlar nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |