2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy sayyor qabullar: har bir murojaat yechimini topadi

Inson manfaati – oliy qadriyat! Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida ayni maqsad ustuvor oʻringa qoʻyilayotgani joylardagi oʻzgarishlarda yaqqol sezilmoqda. Binobarin, odamlarni rozi qilish, ularning huquq va manfaatlari himoyasi yoʻlidagi saʼy-harakatlar amaliy natijasini bermoqda.

Ayniqsa, aholi muammolarini yechishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish maqsadida yuqori darajadagi davlat organlari rahbarlarining xalq orasiga kirishini taʼminlaydigan ommaviy sayyor qabullar oddiy odamlar hayotida muhim oʻrin tutmoqda. Buni soʻnggi ikki kun davomida Namangan viloyatida oʻtkazilgan shunday tadbir natijalari ham yana bir karra tasdiqladi.

Dastlabki kuni Namangan davlat universitetining talabalar turar joyi hovlisida tashkil etilgan ochiq muloqot shaklidagi ommaviy sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov rahbarligida 44 ta vazirlik va idoralar, sektorlar, hududiy boshqarma, tashkilot hamda muassasalar mutasaddilari aholi murojaatlarini tingladi. Shu kuni Namangan shahri, Davlatobod, Yangi Namangan va Namangan tumanidan 514 fuqaro oʻz taklif, shikoyat va arizalari bilan masʼullarga yuzlandi. Ularning sud-prokuratura, ichki ishlar va mahalliy hokimiyat idoralari faoliyati bilan bogʻliq, shuningdek, bandlik, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, bank-kredit, sogʻliqni saqlash masalalariga oid murojaatlarining ellik foizi joyida oʻz yechimini topdi. 56 murojaatchiga huquqiy maslahat berilgan boʻlsa, yechimi alohida oʻrganishni talab etadigan 120 ta masala nazoratga olindi.

Amalda yechimini topmaydigan muammolar uncha koʻp emas. Gap masalaning mohiyati, oʻz vaqtida tegishli idoralar oldiga qoʻya bilishda. Boshqa jihati, koʻpchilik yurtdoshlarimiz oʻz huquqlarini yaxshi bilmasligi ham haqiqat. Biroq har qanday holatda ham har bir murojaatga qonun doirasida qatʼiy yondashilmogʻi lozim. Chunki uning ortida inson, rozilik istayotgan bir yurtdoshimiz turibdi.

Namangan tumani Past Qiyot mahallasida yashovchi Gulbahor Nuriddinova 2020-yilda tibbiyot kollejini tamomlagan. Shundan buyon oʻziga munosib ish topa olmayotganidan norozi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining respublika ishchi guruhi tarkibidagi vakili aralashuvi bilan unga Namangan shahridagi 12-oilaviy poliklinikaga ishlash uchun yoʻllanma berildi. Ish izlab yurgan davlatobodlik Margʻuba Mamatova esa “Orzu ideal” masʼuliyati cheklangan jamiyatida qadoqlovchilik qiladigan boʻldi.

Shu yerda haqli savol tugʻiladi, bu singari fuqarolarning ishga kirish boʻyicha murojaatlari nega shu paytga qadar hal etilmagan?

— Yigirma yoshli qizim jigar xastaligidan azob chekadi, shifokorlarning aytishicha, uni ana shu aʼzo transplantatsiyasini oʻtkazish bilan darddan xalos qilsa boʻlarkan, — deydi Davlatobod tumanida yashovchi Oʻktamxon Toʻrayeva. — Anchadan buyon bu masalada qayerga borishni, kimga arzimizni aytishni bilmay yurgandik. Bugungi qabulda ichimga yorugʻlik kirdi. Qizimga donor yuragini oʻrnatish uchun akademik Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga imtiyozli yoʻllanma berildi.

Murojaatlar orasida tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar ham anchagina. Qaysidir xususiy korxona egasi kredit olishda qiynalayotgan boʻlsa, boshqa biri ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun yer maydoniga muhtoj. Moliyaviy masalada muammoga uchrayotganlar ham bor.

Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan “Madadkor taʼminot savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Bahodir Ahadov autsorsing xizmati koʻrsatish boʻyicha undira olmayotgan haqi yuzasidan murojaat qildi. Biznes ombudsmanning viloyat vakilligi yordami bilan 456 million soʻm miqdoridagi mablagʻ tadbirkorning hisob raqamiga tushirib berildi. Uning yana bir muammosi - qoʻshimcha qiymat soligʻini undirish boʻyicha talabi yuzasidan shu kunning oʻzida protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi. Bundan tashqari oʻndan ortiq biznes egalarining infratuzilma bilan bogʻliq muammolari vakolatli organlar ishtirokida yechildi.

Sayyor qabulning Chortoq tumanida oʻtkazilgan ikkinchi ish kuni ham samarali boʻldi. Chortoq, Uychi, Norin va Yangiqoʻrgʻon tuman fuqarolari ishtirokidagi muloqotlarda 784 kishi oʻzining muammoli masalasini mutasaddilar oldiga qoʻydi. Mazmun-mohiyatidan kelib chiqib ularning 363 tasiga joyida yechim topildi, 70 murojaatchi huquqiy maslahat olgan boʻlsa, 237 ta murojaatga batafsil oʻrganishlardan soʻng yordam koʻrsatiladigan boʻldi.

— Men huzuringizga koʻpchilik nomidan keldim, — dedi Chortoq tumanidagi Laskidon mahallasi fuqarosi Xayrixon Boboyeva maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari U. Begimqulovga yuzlanarkan. — Bundan ikki yil avval tegishli hujjatlarga koʻra, hududimizda 120 oʻrinli yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilishi aytilgan edi. Oraga pandemiya tushdi, boshqa sabablar deganday... hamon qurilishdan darak yoʻq. Biroq, biz umidimizni uzganimiz yoʻq.

Vazir oʻrinbosari masalaning sababini oʻrgandi. Yechimga doir koʻrsatmalar berilib, ijobiy hal etilishi qatʼiy nazoratga olinadigan boʻldi.

Bugun ommaviy qabullar Chustda davom etmoqda. Unda Mingbuloq, Kosonsoy, Pop, Chust va Toʻraqoʻrgʻon tumanlari fuqarolarining murojaatlari eshitilayotir.

Xalq bilan muloqotlar ularning dardu tashvishlarini bartaraf etishni maqsad qilgan. Amalda bunga maʼlum darajada erishilmoqda. Buni qabuldan qaytayotgan insonlarning chehrasida zohir boʻlgan minnatdorlik kayfiyati ham koʻrsatib turibdi.

17.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar