2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: tibbiy-ijtimoiy himoya muhim masala

Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari G‘.Isroilov hamda Agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nasriddinov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda nogiron, ijtimoiy muhofazaga muhtoj 150 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Murojaatlar bo‘yicha bildirilgan muammolarning aksariyati ijobiy hal etildi, bir qator masalalarni hal etish choralari ko‘rildi. 

Sayyor qabul davomida murojaatlar asosida 30 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, eshitish qobiliyati zaif 30 nafar kishiga maxsus eshitish moslamasi, 30 nafar fuqaroga hassa va qo‘ltiq tayoq, 15 nafar murojaat qiluvchiga esa salomatligini tiklash uchun dam olish sihatgohiga yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari, 8 nafar fuqaroga nogironlik belgilandi, 2 nafar fuqaroga davolanishi uchun tibbiyot muassasalariga yo‘llanma berildi. 

O‘tkazilgan sayyor qabul ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini qiynayotgan muammolarini hal etish, og‘irini yengil qilish, ularning hayotga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

19.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar