2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yechim topgan murojaatlar: ko‘zi ojiz qizaloq operatsiyasi, ishsiz ayollar muammosi

Yurtimizda aholi muammolarni hal etish va murojaatlarga ijobiy yechim topish borasida manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugun barcha tizim rahbarlari joylarga chiqib, aholi vakillari bilan uchrashmoqda. Ularning muammo va takliflarini o‘rganib, yechim izlamoqda. 

Navoiy viloyati Zarafshon shahriga yaqindagina tayinlangan hokim – Nazirbek Rahmonov “Konchilar” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi. Zayniddin Haydarov taqdir taqazosi bilan nogironlik aravachasiga mixlangan. U ham murojaatiga ijobiy yechim topish maqsadida hokim qabuliga keldi. Uchrashuvda kutilmagan holatdan Zayniddin aka shoshib qoldi. Shahar hokimi unga peshvoz chiqib, xonaga kirishiga ko‘maklashdi. 

“Oltin vodiy” MFYda istiqomat qiluvchi Zayniddin Haydarov qabulda nafaqasini xonadoniga olib borishmayotganini bildirdi. Shu joyning o‘zida murojaat ijobiy yechim topib, mutasaddilarga ko‘rsatma berildi va hokimning o‘zi bu masalani doimiy nazoratga olishini ta’kidladi. Uchrashuvda ko‘zi ojiz tug‘ilgan qizining operatsiyasi uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan Gulmira Hasanovaning, ish izlab idorama-idora sarson bo‘lgan Shahnoza Norovaning ham muammolari ijobiy hal etildi.

“Konchilar” mahallasida qariyb besh soat davom etgan uchrashuvda turli masalalarda 30 ga yaqin murojaatlar tinglanib, ularga ijobiy yechim topildi.

21.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar