2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ombudsman ko‘magida muammolar hal etilmoqda

Odamlarning muammolarni o‘rganish va ularni hal etish – Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

 Hududlarda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aholi uchun katta qulaylik yaratdi. Endilikda yurtdoshlarimiz joylardagi muammolar bo‘yicha ularga murojaat qilmoqda. 

Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili fuqarolarning ortiqcha qarzdorlik va yo‘llanma olish bo‘yicha murojaatlarini hal etdi.

Mazkur tuzilma fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi bilan samarali hamkorlikni ham yo‘lga qo‘ygan. 

Mazkur hamkorlik doirasida Sirdaryo tumani Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan fuqarolar qabuliga kelgan “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro N.D.ning murojaati ijobiy hal etildi. U astma kasalligidan davolanish uchun yo‘llanma olish bo‘yicha yordam so‘ragan. Mintaqaviy vakil Shuhrat Alimovning tegishli tashkilotlarga qilgan murojaatidan so‘ng fuqaroga yo‘llanma berildi. 

Sirdaryo tumani Elobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro S.O. iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun hisoblangan qarzdorlikdan noroziligi bo‘yicha murojaat qilgan. Murojaat tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan o‘rganilganda, fuqaro murojaati asosli, deb topildi va qarzdorligi bartaraf etildi. 

25.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar